Bryus Panniyer: Shavkat Mirziyoyev ayni tang vaziyatda mintaqada yana liderlikni oʻz qoʻliga oldi
"Markaziy Osiyo mamlakatlari doirasida faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi boʻlsa, u ham Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir", deydi Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha ekspert Bryus Panniyer

Davletovuzʼning yozishicha, Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha ekspert Bryus Panniyer u navbatdagi tahliliy maqolasida "Markaziy Osiyo doirasida saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi boʻlsa, u ham Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev", ekanligini bildirgan.
Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonda "2019 yil odami" deya eʼtirof etildi
“Markaziy Osiyo doirasida koronavirusga qarshi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi boʻlsa, u ham Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir.
Navroʻz oxirgi yillarda Markaziy Osiyo uchun alohida sanaga aylandi. Chunki shu sana atrofida mintaqa mamlakatlari liderlari Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi tashabbusidan soʻng bir stol atrofida oʻtirib, norasmiy muloqot qilishga kelishib olgan edi. Dastlab Astanada toʻrt mamlakat, Toshkentda esa besh mamlakat rahbarlarining, oʻzbekcha taʼbir bilan aytganda, “choyxonasi” boʻlib oʻtdi.
Afsuski, bu yil koronavirus sababli hamma oʻz dardi bilan ovora. Chegaralar taqa-taq yopilgan, barcha oʻz bilganicha va tushunganicha ofatga qarshi kurashmoqda. Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ushbu tang vaziyatda mintaqada yana liderlikni oʻz qoʻliga oldi.
Agar Markaziy Osiyo doirasida saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi boʻlsa, u ham Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir”, deydi Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha ekspert, RFE/RL kolumnisti Bryus Panniyer.
Muallifning qayd etishicha, Oʻzbekistonda ilk koronavirus infeksiyasi 14 mart kuni, Qozogʻistondan ikki kun oʻtib aniqlandi. 18 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan telefonda muloqot qildi, 20 mart kuni esa Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefonda vaziyatni muhokama qildi.
Shu yilning 18 va 27 mart kunlari esa Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi. 27 mart kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan ham telefonda gaplashdi. Bir kun oldin esa Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani bilan vaziyatni atroflicha muhokama qilishgan edi. Faqatgina Tojikiston rahbari bilan muloqot qilinmadi, xolos.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda “Yil odami” deb eʼtirof etildi
“Shavkat Mirziyoyevga tahsin aytish kerak, chunki u mintaqa davlatlari saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida juda katta ishni amalga oshirdi”, deya fikrini umumlashtiradi Bryus Panniyer.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

