YEOII bilan hamkorlik mulohazalari: Hukumat aʼzolari ushbu masalada deputatlar savollariga qanday javob qaytardi?
Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi qay koʻrinishda boʻlishi manfaatli boʻladi? Xalq vakillari boʻlmish deputatlar va senatorlar keyingi oylarda parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha, chuqur muhokama qilib, oʻz zimmalariga masʼuliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari lozimligini amaliy ishlari bilan koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 10 aprel kuni Qonunchilik palatasida videokonfrensiya orqali oʻtkazilgan “Hukumat soati”da hukumat aʼzolari Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masala yuzasidan deputatlarning savollariga javob qaytardi.

COVID-19ning navbatdagi tahdidi
YEOII bilan integratsiyalashuv jarayonida qanday oʻzgarishlar roʻy beradi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov, Moliya vaziri T. Ishmetov, Bosh vazirning maslahatchisi K. Rashidov va Vazirlar Mahkamasining bir qancha masʼul xodimlari, boshqa bir qancha vazirliklar, tashkilotlar va muassasalar masʼul xodimlari, mutaxassislar va ekspertlar masofadan ishtirok etgan “Hukumat soati”da YEOII bilan integratsiyalashuv jarayoni kechgan taqdirda tashqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga solish, byudjet, bank va moliya sohasi, bandlik, taʼlim, tibbiyot, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash masalalarida qanday ijobiy yoki salbiy oʻzgarishlar roʻy berishi masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Xususan, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi rahbari A. Qodirovning, YEOII bilan munosabatlar ittifoqqa aʼzo boʻlmagan qoʻshnilarimiz – Tojikiston va Turkmaniston bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarimizga qanday taʼsir qilishi tahlil qilinganmi, degan savoliga Bosh vaziri oʻrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov quyidagicha javob qaytardi.
– Taʼkidlash joiz, ushbu ikki qoʻshni mamlakat bilan amaldagi ikki tomonlama va Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi doirasidagi keng qamrovli kelishuvlar doirasida hamkorlik olib borilmoqda. Iqtisodiy, siyosiy munosabatlarimiz rivojlanishida tizimli ishlarning davom ettirilishi albatta, biz uchun ustuvor yoʻnalishlardan biridir. Shu oʻrinda alohida aytib oʻtish lozim, masalan Tojikiston 2015 yildan beri YEOII integratsiyalashuv masalasini oʻrganib kelmoqda. Shu bilan bir paytda Tojikiston YEOII davlatlari tomonidan tashkil etilgan Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan faol hamkorlik qilib keladi. Turkmaniston bilan ham biz juda yaqin savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, umuman har tomonlama munosabatlarni davom ettirishga harakat qilyapmiz. Turkmaniston tomonidan ham hozirgi paytda dunyoda tarkib topayotgan integratsion tashkilotlar bilan turli koʻrinishdagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar olib borilayotganini taʼkidlash lozim. Ana shu omillarni inbatga olib, YEOII bilan hamkorlik qilmoqchi boʻlgan yoʻnalishimiz boʻyicha rejalarimiz mazkur davlatlar bilan munosabatlarimizga keskin salbiy taʼsir koʻrsatmasligiga ishonamiz.
Shuningdek, Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanishiga oid vazirliklar, davlat qoʻmitalari, tashkilotlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahalliy ekspertlar tomonidan olib borilayotgan ishlar, koʻrilayotgan chora-tadbirlar va bildirilgan taklif va xulosalar batafsil muhokama qilindi.

Deputatlar Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorlik masalasi haqida fikrlarini bildirdi
Bundan tashqari, YEOII bilan hamkorlikning chuqurlashish darajasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, tashqi raqobatdan nisbatan himoyalangan sanoat tarmoqlarining oʻrta va uzoq muddatda rivojlanish ssenariylari va ularning oqibatlarini baholashga oid Hukumat vakillari tomonidan amalga oshirilgan tahlillar natijalariga eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar aʼzolari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda YEOII bilan hamkorlik masalasi boʻyicha aholi (elektorat) bilan doimiy muloqotlar olib borilayotgani hamda aholining ushbu masalalarga qiziqishi ortib borayotgani aytib oʻtildi.
Umurzakov va Ishmetovga umumlashtirish vazifalari yuklatildi
Muhokamalardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda moliya vaziri T.Ishmetovning deputatlarning savollariga javoblari maʼlumot uchun qabul qilindi hamda Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvning tashqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga solish, byudjetga taʼsirini chuqur tahlil qilish, hamkorlikning bank va moliya sohasi, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlanishi istiqbollarini har tomonlama oʻrganish, shuningdek, ushbu masala boʻyicha ilgʻor xorijiy ekspertlar va mutaxassislarning asoslantirilgan xulosalarini umumlashtirish vazifalari yuklatildi.
Majlisda deputatlarning faol ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masala yuzasidan bahslar, muhokamalarni davom ettirish qayd etildi. Yaqin kunlarda ushbu masala boʻyicha parlament kuyi palatasida «Parlament eshituvi» oʻtkazish ham rejalashtirildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

