| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Mulohaza2 daqiqada oʻqiladi251 marta oʻqildi

Koronavirus jahon iqtisodiyotiga taʼsir qiladi(mi)?

Iqtisodchi ekspertlarning fikricha, koronavirus tufayli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish qiyinlashishi mumkin. Buning oldini olish va milliy fond bozori barqarorligini saqlab turish uchun ichki isteʼmolni taʼminlash lozim boʻladi.

Koronavirus jahon iqtisodiyotiga taʼsir qiladi(mi)?

2019 yil yakuni, 2020 yil boshidan buyon global salomatlik favqulodda holatda qolmoqda. Bilamizki, jahon iqtisodiyoti moliyaviy inqirozlarni boshidan kechirgan davrlarda xalqaro moliya tashkilotlari va turli hukumatlar tomonidan makroiqtisodiy muvozanatni taʼminlashga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy taʼsiri va global inqirozni yumshatish boʻyicha Farmon imzoladi

2015 yilda Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan qayta tashkil etilgan Favqulodda holatlardan himoya qilish va oqibatlarni bartaraf etish fondi (Catastrophe Containment and Relief Trust) aynan rivojlanayotgan mamlakatlarda turli tabiiy ofatlar va ommaviy kasalliklar oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutganligini taʼkidlash lozim. Ushbu fond mablagʻlari qayd etilgan yoʻnalishlarda Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi mezonlari (YAIM kishi boshiga 1165 AQSH dollari yoki aholisi 1,5 mln. dan kam boʻlgan davlatlarga 2230 AQSH dollari) asosida berilishi mumkin.

2020 yil 11 mart kuni Buyuk Britaniya XVFning mazkur fondiga Koronavirusdan aziyat chekayotgan iqtisodiyotlar uchun 150 mln. funt sterling grant mablagʻlarini ajratishini maʼlum qildi. Bu esa, donor mamlakatning dastlabki moliyaviy yordamni amalga oshirishini oʻzida aks ettiradi. Zotan, 2020 yil 2 mart kuni Kristalina Djiorjiyeva (XVF direktori) va David Malpas (Jahon banki guruhi Prezidenti) qoʻshma bayonot bilan chiqib, virus sababli iqtisodiy qiyinchiliklarga yuz tutayotgan mamlakatlarga moliyaviy koʻmak berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Jahon banki virusning iqtisodiy oqibatlari va uni barataf etish uchun 12 mlrd. AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.

Bizningcha, mamlakatlar moliya tashkilotlariga eʼtiborni qaratishlari kuzatilmasligi mumkin.

Birinchidan, ushbu epidemiyadan Xitoyning oʻzi qisqa muddatda chiqishga erishmoqda.

Ikkinchidan, virusning birlamchi oʻchogʻiga aylangan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari YevroKomissiyaning rahnamoligida xalqaro tashkilotlarning moliyaviy koʻmagini jalb etmasligi mumkin.

Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, dunyo iqtisodiyoti 2009 yildan buyon oʻzining dastlabki yuqori iqtisodiy oʻsishiga erishi boshlanganda virus taʼsirining yuzaga kelishi global iqtisodiyotni yana xavf ostiga qoʻydi.

Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri: Oʻzbekiston uchun xulosa va tavsiyalar

Bu holat:

  • birinchidan, xalqaro savdoning yarmini tashkil etuvchi global qoʻshimcha qiymat zanjirini kamayishiga taʼsir etishi;

  • ikkinchidan, virus aniqlangan mamlakatlardan moliyaviy kapitalning qochishi;

  • uchinchidan, insonlar uylarida qolishlari sababli ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan zavod (fabrika)lari “boʻsh yoki ishsiz” qolmoqda;

  • toʻrtinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda transport va turizm sohasining yetakchiligi ushbu iqtisodiyotlarga salbiy taʼsirining inobatga olinishi bilan aks etadi.

Jahon savdo tashkilotining maʼlumotiga koʻra, yoʻlovchilarning havo transportida tashish, yuklarni tashish, moliyaviy tranzaksiyalar, axborot texnologiyalari xizmatlari kabilar boʻyicha savdolar hajmi keskin pasayib ketgan.

Qisqa oʻrganishlardan soʻng quyidagi xulosalarni aytish mumkin:

  1. Mamlakatlarda iqtisodiy oʻsish darajasi oʻrta muddatli davrda pasayishi kuzatiladi.

  2. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish qiyinlashishi mumkin. Buning oldini olish uchun, milliy fond bozori barqarorligini saqlab turish uchun ichki isteʼmolni taʼminlash lozim boʻladi.

  3. Mamlakatlarda makroiqtisodiy muvozanat nobarqarorlashuvi ortidan YAIM hajmi qisqaradi. Muvozanat buzilishiga import samarasi taʼsirini kamaytirish uchun foiz stavkalarini tushirish orqali ichki isteʼmolni taʼminlash muhim hisoblanadi. Natijada, insonlar kreditlar olish imkoniyati oshib, yalpi talab va yalpi taklif muvozanatiga erishish mumkin.

  4. Turizm sohasida turgʻunlik yuzaga kelishi kuzatiladi. Natijada, ishsizlikni yuzaga kelishiga sharoit yaratilishi va iqtisodiy oʻsishga ham salbiy taʼsiri kuzatilishi mumkin.

Nodir Jumayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

iqtisod fanlari doktori, professor

Dilshodjon Raxmonov, Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri,

iqtisod fanlari doktori, professor

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ