| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓

IT

131 ta material

Siyosat

Jahon maʼlumot bazalarida Oʻzbekistonning tarmoq indikatorlari toʻliq aks etmagan

Prezident 1 iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda statistik kuzatuv maʼlumotlari 20 yil avval joriy etilgan dasturiy taʼminotdan foydalanilayotganini tanqid qildi. Davlat statistika qoʻmitasiga bir qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qoʻydi.

Iqtisodiyot va biznes

50 tonnadan ortiq oʻzbek gilosi koreyaliklar dasturxonidan joy oladi

Oʻzbek giloslari Janubiy Koreya boʻylab mamlakat ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.

Iqtisodiyot va biznes

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3ta bankga ajratiladi

“Har bir oila – tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident qarori (PQ–4720-son, 20.05.2020 y.) qabul qilindi.

Iqtisodiyot va biznes

Facebook Oʻzbekistonga soliq toʻlaydi

Oʻzbekistonga Google aprel oyi oxirida aholiga internet xizmatlarini taqdim etganlik uchun QQS toʻlashni boshlagan edi.

Iqtisodiyot va biznes

Biznes-klinika dasturi: inqiroz davrida biznesni qoʻllab-quvvatlash

Biznes-klinika dasturi karantin va karantindan keyingi davrda kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlarga bepul yuridik va biznes konsultatsiyalarni berish va davlatimiz rahbarining farmonlarida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari haqida toʻliq va ishonchli maʼlumot olishga yordam berish maqsadida 2020 yil may oyida ishga tushirildi.

Texnologiyalar

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahon reytingida yuqoriladi

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha bir yil davomida 37 pogʻona yuqoriladi.

Jamiyat

May oyidan boshlab “Yagona reyestr” orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar toʻlanadi

Hukumat qarori bilan “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi.

Jamiyat

Oʻzbekistonda suv omborini toʻldirish va boʻshatish uchun dastur ishlab chiqildi

Dastur suv sathining maksimal meʼyordan oshmasligini taʼminlaydi va sum omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: Har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi

Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish oʻrinlari internet texnologiyalari yordamida yaratiladi. Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilishda vazirlik va idoralarda axborot texnologiyalarini qoʻllash darajasiga qarab undagi rahbarlarning oylik mukofot pulini oshirish yoki kamaytirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi

Elektron pullar egasi tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga toʻlovni amalga oshirish maqsadida elektron puldan foydalanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan boʻlishi shart.

Jamiyat

“Obod qishloq” dasturi natijalari BMT va YeXHT vakillarini hayratga solmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihasining Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Djon Makgregor Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida “Obod qishloq dasturi doirasida bunyod etilgan “Oltinkoʻl” mahallasidagi yangi turar joy massivi bilan tanishdi.

Siyosat

ATK vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi

“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Jamiyat

Barcha hududlarda raqamli bilimlarga oʻqitish markazlari ochiladi

2020-2021 yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, maktablar va bogʻchalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulashni koʻzda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati taʼminlanadi.

Jamiyat

Yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi

Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

Mulohaza

Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni kamaytirish - pandemiya inqiroziga qarshi kurash dasturining muhim yoʻnalishi

Hozirgi pandemiya sharoitida aholining aksariyat qismi qishloq joylarda yashashligini eʼtiborga olgan holda tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish muhim omil boʻlib qolmoqda, deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qoʻngirotboy Sharipov.

Iqtisodiyot va biznes

Soʻmning qadrsizlanishining asosiy sababi nima?

Internet nashrlari orqali bir qator iqtisodchilar, ekspertlar milliy valyuta qadrsizlanishi borasida oʻzlarining shaxsiy fikrlarini bildirdilar. Baʼzi ekspertlarning 2020 yil oxiriga soʻm almashuv kursi boʻyicha prognozlari ham paydo boʻldi.

Texnologiyalar

Oʻbekiston internet tezligi boʻyicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pogʻonaga koʻtarildi

Internet tezligi boʻyicha reytingda Oʻzbekiston hozirgi kunda 95-pogʻonani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pogʻonaga koʻtarilgan.

Iqtisodiyot va biznes

Jahon banki Oʻzbekistonning krizisga qarshi dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar kredit ajratadi

Jahon banki Oʻzbekistonning krizisga qarshi dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun oldingi ajratilgan 700 mln dollar kredit liniyasiga qoʻshimcha ravishda 14 milliard dollar ajratishga tayyor.

Iqtisodiyot va biznes

2 apreldan boshlab tovardan oldin u haqida maʼlumot yetib keladi

Havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan, yoʻlovchilar va ular yuklari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmogʻi orqali yuboriladi.

Jamiyat

Avtomobillar uchun stikerlarni berish tartibi oʻzgardi

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining xabar qilishicha, amaldagi tartib takomillashtirib, respublikada avtotransport harakati bilan bogʻliq kelib tushgan takliflarni eʼtiborga olib, yangi tartib ishlab chiqilgan.

Siyosat

Qarorlar kambagʻallik darajasiga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etadi, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshiradi.

Jamiyat

Oʻzbekistondagi barcha aeroportlar yopiladi, aviaqatnovlar butunlay toʻxtatiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, bir qator cheklovlar oʻrnatilib, muayyan choralar koʻrilmoqda.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekistonda elektron pullarning muomalada boʻlishi qoidalarini ishlab chiqdi

Markaziy bank Oʻzbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarini ishlab chiqdi. Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi hisoblanadi.

Jamiyat

Karantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun toʻlovlar kechiksa uzib qoʻyilmaydi

23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun oʻchirib qoʻyilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat taʼtiliga chiqarish belgilangan.

Texnologiyalar

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha yuqoriga koʻtarildi

2020 yil fevral oyi natijalariga koʻra Oʻzbekiston internet tezligi 2 pozitsiyaga koʻtarilgan. Soʻnggi yil natijalariga koʻra Oʻzbekistonda internet tezligi 2,4 baravarga oʻsdi.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ