| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Mulohaza1 daqiqada oʻqiladi507 marta oʻqildi

Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni kamaytirish - pandemiya inqiroziga qarshi kurash dasturining muhim yoʻnalishi

Hozirgi pandemiya sharoitida aholining aksariyat qismi qishloq joylarda yashashligini eʼtiborga olgan holda tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish muhim omil boʻlib qolmoqda, deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qoʻngirotboy Sharipov.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni kamaytirish - pandemiya inqiroziga qarshi kurash dasturining muhim yoʻnalishi

Respublikamizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda aholini imkon qadar kam talafotlarni taʼminlagan holda barqaror ijtimoiy muhit va makroiqtisodiy holatni taʼminlash asosiy vazifa qilib belgilandi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qoʻngirotboy Sharipov oʻzining bu haqdagi fikrlarini bildirdi.

"Koʻrinishi va shaklidan qatʼiy nazar jamiyatda yuzaga kelgan inqirozlar davrida davlat boshqaruvining asosiy vazifalari va strategik taktik yoʻnalishlari ham oʻzgarib boradi.

Respublikamizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda bu baloning jamiyatning turli jabhalari, shuningdek, aholini imkon qadar kam talafotlarni taʼminlagan holda barqaror ijtimoiy muhit va makroiqtisodiy holatni taʼminlash asosiy vazifa qilib belgilandi.

Prezidentimiz respublikamizda kambagʻallikni kamaytirish uchun aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish lozimligi taʼkidlab oʻtgan edi.

Hozirgi pandemiya sharoitida aholining aksariyat qismi qishloq joylarda yashashligini eʼtiborga olgan holda tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish kambagʻallikni kamaytirish va aholini zarur boʻlgan oziq-ovqat va daromad bilan taʼminlashning muhim omili boʻlib qolmoqda", deydi Qoʻngirotboy Sharipov.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ