Yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi
Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekistonda yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar mahkamasi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Ushbu qaror loyihasi Madaniyat vazirligi tomonidan muhokamaga joylashatirildi.
Loyihaga koʻra, yagona elektron chipta sotish portalining yagona operatori MChJ shaklida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda "Yagona respublika protsessing markazi" MChJ (Uzcard) Operatorning muassislari hisoblanadi. Uzcard 51 foiz ulush bilan va jamgʻarma 49 foiz ulush bilan operator ustav kapitalida ishtirok etadi.
Operator tomonidan elektron chiptalarni sotib olish uchun sayt yaratiladi va uning faoliyati yuritiladi. Chipta sotish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun operatorga vositachilik haqini undirish huquqi beriladi.
Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.
Yagona tizim "Oʻzbekiston temir yoʻllari", "Uzbekistan airways", "Oʻzavtovokzal servis" DUK va respublika hududidagi barcha avtovokzallar va yoʻlovchilar avtostansiyalari, sport obʼyektlari va boshqa chipta sotish axborot tizimlarini integratsiya qiladi.
Qaror loyihasining muhokamasi 9 mayga qadar davom etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

