May oyidan boshlab “Yagona reyestr” orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar toʻlanadi
Hukumat qarori bilan “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi.

Hukumatning tegishli qaroriga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini (“Yagona reyestr” AT) joriy etish va ushbu tizim orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar berish va tayinlashni tajriba tariqasida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab Sirdaryo viloyatida amalga oshirish belgilangan edi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Sirdaryo viloyatida kam taʼminlangan oilalarga 2019 yil 1 oktyabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalar 2020 yil 1 mayga qadar Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda, 2020 yil 1 maydan boshlab esa “Yagona reyestr” AT orqali toʻlanishi belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

