50 tonnadan ortiq oʻzbek gilosi koreyaliklar dasturxonidan joy oladi
Oʻzbek giloslari Janubiy Koreya boʻylab mamlakat ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.

1 iyun kuni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" AJ aviakompaniyasining charter yuk reysi Fargʻonadan toʻgʻridan-toʻgʻri Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga 50 tonnadan ortiq gilosning navbatdagi partiyasini yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi
Fargʻona viloyatida yetishtirilgan gilos “UZ-SEGANG” qoʻshma korxonasi tomonidan Janubiy Koreyaning hamkor “Sunfinite Co., Ltd.” kompaniyasiga yetkazilgan. Oʻzbek giloslari oʻsha yerdan butun Janubiy Koreya boʻylab mamlakat ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.
Aytish joizki, mamlakatimizning Seuldagi diplomatiya vakolatxonasi xodimlari oʻzbek mahsulotlarini Koreya Respublikasi bozoriga chiqarishda izchil faoliyat olib bormoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

