| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi62 marta oʻqildi

Barcha hududlarda raqamli bilimlarga oʻqitish markazlari ochiladi

2020-2021 yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, maktablar va bogʻchalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulashni koʻzda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati taʼminlanadi.

Barcha hududlarda raqamli bilimlarga oʻqitish markazlari ochiladi

“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qoʻshimcha vazifalari belgilandi.

"Raqamli iqtisodiyot" boʻyicha yana bir muhim hujjat imzolandi

Unga koʻra, 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 baravarga koʻpaytiriladi.

2020-2021 yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, maktablar va bogʻchalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulashni koʻzda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati taʼminlanadi.

2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda elektron hukumat tizimi rivojlantiriladi.

“Raqamli tadbirkorlik” rivojlantiriladi, 2023 yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmi 3 baravarga oshiriladi va ularning eksporti 100 million dollarga yetkaziladi.

“Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga oʻqitish markazlari ochiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ