Oʻbekiston internet tezligi boʻyicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pogʻonaga koʻtarildi
Internet tezligi boʻyicha reytingda Oʻzbekiston hozirgi kunda 95-pogʻonani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pogʻonaga koʻtarilgan.

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi mart oyi 2020 yil natijalariga koʻra yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa internet tezligi jahon reytingi boʻyicha Oʻzbekiston yana 7 pogʻonaga koʻtarildi.
Internet tezligi boʻyicha reytingda Oʻzbekiston hozirgi kunda 95-pogʻonani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pogʻonaga koʻtarilgan. Bu mazkur davr boʻyicha eng yuqori oʻsish hisoblanadi.


Oxirgi yil natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 barobarga oʻsgan – 11,62 Mbit/soniyadan (2019 yil mart holatiga koʻra) 26,92 Mbit/soniyagacha (2020 yil mart holatiga koʻra).

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha yuqoriga koʻtarildi
Mobil internet tezligi boʻyicha ham Oʻzbekiston ijobiy natijalarni koʻrsatdi: hozirgi kunda mamlakat 133-oʻrinni egallab, 2020 yil fevral holatiga koʻra bir pogʻonaga koʻtarilgan.
Maʼlumot uchun, Speedtest portali internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida tahlil olib boradi va maʼlumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va eʼlon qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

