Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

Hukumat tomonidan 2020-2021 yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash boʻyicha keng koʻlamli dastur qabul qilindi
Amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - 2020 yil oxiriga qadar - barqarorlashtirish va tiklangan oʻsish. Ikkinchi bosqich - 2021 yildan boshlab 5,0-5,5 foiz barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlaydigan, 2020-2021 yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralar.

Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida qonun imzolandi
Viloyatlarning maʼmuriy-hududiy chegaralari doirasida respublika boʻysunuvidagi shaharlar boʻlishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova Birinchi Prezidentning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)
2 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Oʻzbekiston hukumati 2020-2021 yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash boʻyicha keng koʻlamli inqirozdan keyingi dasturni qabul qildi
Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish va kambagʻallikni qisqartirish.

Shavkat Mirziyoyev Yunusoboddagi “Bodomzor” metro bekatidan yangi “Turkiston” metro bekatigacha poyezdda bordi (+foto)
Toshkent metropolitenidan kuniga 240 ming yoʻlovchi foydalanadi. Jami 21 kilometrdan iborat uchta yangi - Yunusobod, Sergeli va Qoʻyliq yoʻnalishlari qurilishi natijasida yana 150 mingdan ziyod kishi qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Hukumat qarori bilan Qarshi tumanida ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanadi
Qaror bilan tumandagi har bir mahallada dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan aholi roʻyxati shakllantiriladi.

Umid Aliyev: Kambagʻallik qopqonidan chiqarish uchun ijtimoiy nafaqalarni 18 yoshgacha doimiy toʻlab borish zarur (video)
Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi boʻyicha qarori yuzasidan “Oʻzbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan koʻrsatuvda YuNISEF tashkiloti eksperti Umid Aliyev inson kapitalini rivojlantirish va kambagʻallikdan chiqish uchun ijtimoiy nafaqalarni doimiy ravishda amalga oshirib borish toʻgʻrisida tashkilot tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi boʻyicha qarori yuzasidan mutaxassislarning fikr-mulohazalari (video)
27 avgust kuni “Oʻzbekiston 24” telekanalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori mutaxassislar oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev: Oʻzbekistonda geologiya sohasini rivojlantirishdan maqsad – odamlarni boy qilish
Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi boʻyicha taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda davlatimiz rahbari kelgusi yili geologiya-qidiruv ishlarini 2 barobar kengaytirib, sohaga zamonaviy laboratoriya texnikalarini joriy qilishni jadallashtirish muhimligini taʼkidladi.

Timur Ishmetov: QQS boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida tushumlar 2 trln. soʻmga kamaydi
2020 yil I yarim yilligida soliq toʻlovchilarga qoplab berilgan QQS summasi 1,6 trln. soʻmni tashkil etdi.

Jurnalistika boʻyicha Oʻzbekiston-Yevropa mukofoti arizalarni qabul qilishni boshladi
Ushbu loyiha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi koʻmagida tashkil etildi.

Markaziy bank: Oʻzbekistonda yangi bank faoliyatini boshlaydi
“ANOR BANK” AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining yerga qilgan xarajati qoplanadi
Koʻchatlar, manzarali daraxtlar, ularni parvarishlash, hududni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida bajarilgan agrotexnik tadbirlar uchun qilingan xarajatlar qoplab beriladi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor boʻlmoqda
2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida» gi qonun loyihasining yangi tahriri eʼlon qilindi
Yangi tahrirdagi qonun loyihasida konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishda, Oʻzbekistonning hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishda, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini tahqirlashda, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Prezident Shveysariya bilan hamkorlikda ochilgan yangi korxonani borib koʻrdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Prof- Milk” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarga zamonaviy qurilish texnologiyalari boʻyicha yetarli malaka bersak, daromadlari ham ikki-uch barobar oshadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi «Binokor» masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi.

Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto)
“Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxshi. Lekin har dam rivojlanishni oʻylash kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJga tashrifi chogʻida.

«Yoshlar» va «ayollar» daftarlari shakllantiriladi
Prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda «temir daftar"lar singari, ishsiz yoshlar boʻyicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar boʻyicha alohida («Ayollar daftari») roʻyxatlar shakllantirish topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami kunida katta yigʻin va sayillar oʻtkazishni cheklashni talab qilmoqda
Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish maqsadga muvofiqligi koʻrsatib oʻtildi.

“UzAuto Motors” avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini maʼlum qildi
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi, deb xabar qildi.

Korrupsiya jinoyatlari haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti beriladi
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Odam savdosidan jabrlanganlar toʻgʻrisidagi axborot oshkor etilmaydi
Prezident tomonidan yangi tahrirdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.

Mehnat migrantlariga yoʻl haqi, patent va sugʻurta xarajatlari uchun past stavkali kreditlar ajratiladi
Xorijda ishlab, malaka orttirib qaytgan fuqarolarga tadbirkorlikni boshlash uchun kredit resurslari ajratiladi hamda bank kreditlari taʼminoti boʻyicha sugʻurta polisi xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.

Shavkat Mirziyoyev: Takror va takror aytaman: har bir fuqaroning sogʻligʻi va hayoti biz uchun muhim
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yigʻilish avvalida pandemiya bilan bogʻliq vaziyatga alohida toʻxtalib oʻtdi.
