| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi78 marta oʻqildi

“UzAuto Motors” avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini maʼlum qildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi, deb xabar qildi.

“UzAuto Motors” avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini maʼlum qildi

2020 yil 19 avgust kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasida “UzAuto Motors”ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisi”dagi Qonuni buzilishi belgilariga nisabatan ochilgan ish boʻyicha navbatdagi tinglov oʻtkazildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qaysi avtomobil narxi qanchaga kamayishi mumkinligi haqida maʼlumot berdi

Bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qoʻshimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli, “UzAuto Motors” AJ tomonidan ish koʻrib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishi (2005 yil 12 oktyabrdagi 225- sonli VMQga muvofiq)ni soʻrab iltimosnoma yoʻllangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ish bir taraflama koʻrib chiqildi, uning yakunida notoʻliq maʼlumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi, deb yozmoqda “UzAuto Motors” AJ matbuot xizmati.

"Qayd etish oʻrinliki, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon boʻlib, uni oʻrganish yetarlicha vaqt talab etadi. “UzAuto Motors” faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq oʻrganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin boʻladi – kompaniya oʻzining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.

Shuni ham qayd etish oʻrinliki, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Oʻz navbatida, kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini maʼlum qiladi", deyiladi xabarda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ