| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi106 marta oʻqildi

Korrupsiya jinoyatlari haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti beriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Korrupsiya jinoyatlari haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti beriladi

Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Oʻzbekistondagi korrupsiya xavfi boʻlgan sohalar

Unga koʻra, quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish koʻzda tutilmoqda:

  1. korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;

  2. pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida:

  • ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat uchun ‒ besh baravar;

  • uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun ‒ yetti baravar;

  • ogʻir jinoyat uchun ‒ oʻn baravar;

  • oʻta ogʻir jinoyat uchun ‒ oʻn besh baravar;

  1. pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida:

  • ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat uchun ‒ oʻn baravar;

  • uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun ‒ oʻn besh baravar;

  • ogʻir jinoyat uchun ‒ yigirma baravar;

  • oʻta ogʻir jinoyat uchun ‒ yigirma besh baravar;

  1. pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan koʻp boʻlsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:

  • ancha miqdor (BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha) uchun ‒ oʻn besh foizi;

  • koʻp yoki juda koʻp miqdor (BHMning 300—500 baravarigacha hamda 500 baravar va undan koʻp) uchun ‒ oʻn foizi.

Buning uchun davlat byudjetidan ushbu maqsadlarga har yili qoʻshimcha oʻrta hisobda 300-500 mln. soʻm mablagʻ talab etilishi aytilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ