Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

Soliq organiga deklaratsiya topshirish orqali kontrakt toʻlovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin
Toʻlov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida 2030 yilga borib Oʻzbekistonda kambagʻallikni ikki barobarga qisqartirish masalasi qoʻyilgan
12 oktyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xalqaro munozara klubi doirasida “Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi ikkinchi uchrashuvini tashkil etdi.

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi
Xalq deputatlari isitish mavsumini qachondash boshlash masalasini oʻrganib chiqib, bir qarorga kelishdi.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba voqeasida jabr koʻrganlar uchun barpo etilgan uylarni borib koʻrdi (+foto)
Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpogʻiston va har bir viloyatning oʻz koʻchasi bor, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev: Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda Oʻzbekiston ovozi jaranglashi kerak
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda, ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni roʻyxatdan oʻtkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.

Jamiyatda ayollar rolini oshirish (+video)
Ayollar aholining 50 foizini tashkil qiladi. Uy ishlarining 66 foizini ayollar bajaradi. Ayollar isteʼmol xarajatlari toʻgʻrisida qarorlarning 80 foizini qabul qilishadi. Ammo, Ayollar biznesning atigi 30 foiziga egalik qilishadi. Ayollar dunyo daromadlarining atigi 10 foizini oladi. Ayollar mulkning atigi 2 foiziga egalik qilishadi.

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistoning suveren kredit reytingi bahosini VV- (barqaror) darajada saqlab qoldi
COVID-19 global pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi reytingining barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga doir Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi
Hujjatda qayd etilishicha, jismoniy shaxslarga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan koʻp boʻlmagan oʻrindiqli yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar roʻy bergan taqdirida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlaydigan qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi.

Ekologiyani muhofaza qilish organlari inspektorining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlar 1 mln 115 ming soʻmgacha jarimaga tortiladi
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek, uning koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Senat Oʻzbekistondagi yirik monopol kompaniyalarni muhokama qildi
Senatning 5 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hamda “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ijro etilishi holati koʻrib chiqildi.

Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Oila kodeksiga koʻp bolali oila tushunchasi kiritildi. Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi.

Pochta tizimi daromad keltiradigan sohaga aylantiriladi
Manzilga yetkazish tizimini tumanlarda tajribadan oʻtkazib, 2021 yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat boʻyicha joriy etiladi. Bu haqda 5 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda aytib oʻtildi.

Kimlarga un va qolipli non xarid qilish uchun oylik kompensatsiya toʻlanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrda qabul qilingan “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, ayrim toifa shaxslarga un va qolipli non xarid qilishlari uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi
Shavkat Mirziyoyev Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeks ishlab chiqishni taklif etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ishida ishtirok etadi
Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib oʻtish masalalariga toʻxtalib oʻtiladi.

Xorijdan Oʻzbekistonga kirib kelishning yangi tartibi eʼlon qilindi
Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yoʻl va avtotransport vositasi orqali Oʻzbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Temur Ishmetov 2020 yilning 1-yarim yilligida Davlat byudjeti qanday sarflangani haqida hisobot berdi
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning 1-yarim yilida oʻtkazilgan 2 584 ta nazorat tadbirlaridan 2 021 tasida (78 %) 1 trln 298 mlrd soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlarining ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarga qoʻshgan hissasi Dushanbe shahrida muhokama qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, akademik Akmal Saidov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, «Maʼno» markazi, JIDU, Toshkent davlat madaniyat va sanʼat instituti, Davlat konservatoriyasining yetakchi mutaxassislaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Davlat soliq qoʻmitasi: Oʻzbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln soʻmni tashkil etdi
Agar har bir isteʼmolchi tomonidan chek talab qilinsa, xufiyona iqtisodiyot ulushi qisqarishi barobarida, soliqlardan boʻyin tovlash holatlari kamayib, byudjet tushumlari oshib boradi.

“Oʻzbekgidroenergo” yangi GESlarni qurishda OTB bilan hamkorlik qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida “barqaror gidroenergetika” loyihasi doirasida Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihalarini moliyalashtirish uchun 25 yil muddatga 60,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi boʻyicha zayom kelishuvi imzolandi.

Oltin-valyuta zaxiralari va suveren boylik fondlari: ularni boshqarish va makroiqtisodiy barqarorlik
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Xalilulloh Hamidov va Feruzbek Davletov tomonidan koronavirus inqirozi davrida Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralaridagi oʻzgarishlar, ularning yetarliligi darajasi chuqur tahlil etildi.

Oltin-valyuta zaxiralari va suveren boylik fondlari: ularni boshqarish va makroiqtisodiy barqarorlik
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Xalilulloh Hamidov va Feruzbek Davletov tomonidan koronavirus inqirozi davrida Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralaridagi oʻzgarishlar, ularning yetarliligi darajasi chuqur tahlil etildi. Tahlillarga koʻra, koronavirus inqirozi tufayli ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro zaxiralari hajmi kamayib borayotgan bir paytda Oʻzbekistonda oltin-valyuta zaxiralari hajmi sezilarli darajada oshdi.

Infografika: 2020-2021 yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash rejasi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan iqtisodiyotning tarkibiy islohotlarini tiklash va davom ettirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan amaliy harakatlar rejasini qabul qilish koʻzda tutilgan. Amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga, afgʻon xalqining turmushini yaxshilashga katta hissa qoʻshmoqda
Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki butun jahon hamjamiyati ham manfaatdor boʻlgan hududda barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun katta istiqbolga ega va mazkur yoʻnalishda uzoq muddatli oʻzaro manfaatli hamkorlikni oshirish biz uchun yuqori ustuvorlik kasb etadi, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida bogʻchalarda aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar
Respublika boʻyicha bogʻchalarda eng yirik moliyaviy qonunbuzarliklar Samarqand viloyatida, eng kam miqdorda moliyaviy qonunbuzarliklar Sirdaryo viloyatida kuzatildi.
