| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi53 marta oʻqildi

Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto)

“Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxshi. Lekin har dam rivojlanishni oʻylash kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJga tashrifi chogʻida.

Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto)

Pandemiya tufayli vaqtincha toʻxtab qolgan korxonalar oʻz faoliyatini tiklay boshladi. Lekin ular yana toʻliq quvvatga chiqishi uchun vaqt va ragʻbat zarur. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlari va videoselektor yigʻilishlarida bu borada aniq vazifalar belgilanib, izchil amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari bugun Toshkent shahrining Bektemir tumaniga safarini boshlab, bu yerda bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda.

Prezident dastlab “Bektemir metall konstruksiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyat zavodiga bordi.

Loyihaning umumiy qiymati 48 million dollar boʻlib, 2018 yilda ishga tushirilgan. Korxona yiliga 65 ming tonna ruxlangan metall, 1 600 kilometr yoʻl toʻsiqlari, 130 ming tonna payvandlangan quvur va 17 ming dona yoritish ustuni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Metall konstruksiyalarini issiq haroratda ruxlash Italiyaning Bisol S.p.A. uskunasida, xalqaro meʼyorlar va sifat standartlari darajasida amalga oshirilmoqda. Bunday mahsulotlar chidamliligi, koʻrimliligi va oʻrnatish jarayonida qulayligi bilan afzal. Shuningdek, bu yerda Xitoy, Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar oʻrnatilgan.

Korxonada jami 375 nafar muhandis va ishchi mehnat qilmoqda.

Prezidentimiz ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirib, mutasaddilarga qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.

- Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxshi. Lekin har dam rivojlanishni oʻylash kerak. Arzon, xavfsiz va sifatli konstruksiyalar ishlab chiqarib, korxonaning qurilish industriyasidagi oʻrnini kengaytirish zarur. Mahsulot qachon arzon boʻladi? Sharoit yaratsak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunga erishish uchun loyihalashtiruvchi guruh tuzish, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya tajribasi asosida korxonani sanoat klasteriga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.

Malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbarining Bektemir tumaniga safari davom etmoqda.

Fotogalereya 13

  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 1-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 2-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 3-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 4-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 5-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 6-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 7-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 8-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 9-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 10-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 11-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 12-surat, jami 13 ta
  • Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini taʼkidladi (foto) — 13-surat, jami 13 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ