Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor boʻlmoqda
2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi.

«Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmoni qabul qilindi, deya xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi;
16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yoʻli bilan bekor qilinadi;
17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilishi yoʻli bilan bekor qilinadi;
14 ta turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatlari qariyb 2 baravarga qisqartiriladi;
115 ta litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillari yanada soddalashtiriladi.
Farmonga koʻra, xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi oʻz kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab:
turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi.
quyidagilar bekor qilinadi:
kredit byurolari faoliyatini litsenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada koʻrsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti;
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.
Shuningdek, hujjatga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlanadi:
litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi sababli davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlar oʻrtasida tuziladigan oʻzaro shartnomalarga almashtirish;
litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash.
2020 yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Ushbu sanaga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan «Litsenziya» axborot tizimi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich toʻliq elektron tarzda «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
litsenziya sohasidagi qonun buzilishlari haqida xabar bergan shaxslar huquqbuzarlik oʻz tasdigʻini topganda undirilgan jarimaning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

