Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami kunida katta yigʻin va sayillar oʻtkazishni cheklashni talab qilmoqda
Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish maqsadga muvofiqligi koʻrsatib oʻtildi.

20 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari yaqinlashib kelayotgan yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
Ushbu masalada shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bogʻliq vaziyat bu yil joylarda katta yigʻin va sayillar oʻtkazishni cheklash talabini qoʻymoqda. Shuning uchun ushbu ulugʻ sanani koʻproq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish maqsadga muvofiqligi koʻrsatib oʻtildi.
Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi koʻrsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

