| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi53 marta oʻqildi

Odam savdosidan jabrlanganlar toʻgʻrisidagi axborot oshkor etilmaydi

Prezident tomonidan yangi tahrirdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.

Odam savdosidan jabrlanganlar toʻgʻrisidagi axborot oshkor etilmaydi

Qonunga koʻra, odam savdosidan jabrlanganlarga zarur yordam koʻrsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek, ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida identifikatsiya qilinadi.

Shuningdek, qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini taʼminlash tartibi belgilanib, ular, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam koʻrsatishni;

  • vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitari-gigiyena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur ashyolar bilan taʼminlashni;

  • ishga joylashishda, taʼlim olishda, kasbiy jihatdan yoʻnaltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam koʻrsatishni;

  • ijtimoiy jihatdan qayta integratsiyaga, shu jumladan qarindoshlarni izlashida yordam koʻrsatishni.

Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlar toʻgʻrisidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek koʻrilgan xavfsizlik choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilmasligi belgilandi.

Qonun rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ