Review.uz saytidagi O'zbekiston iqtisodiyoti yangiliklari - dolzarb iqtisodiy yangiliklar, O'zbekiston moliya va bank sohasidagi yangiliklar
925 ta material

Oʻzbekiston va Ukraina oʻzaro savdo aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
Ikki mamlakat oʻrtasida kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, sanoat kooperatsiyasi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida hamda mashinasozlik, neft va gaz uskunalarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Oltin quymalar sotuvga chiqarildi
Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chmqariladi.

Respublika boʻyicha eng qimmat palov Toshkent shahrida qayd etildi
Davlat statistika qoʻmitasi mamlakatimiz boʻyicha palov narxlarini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston 11 ta mamlakatga karam eksport qildi
Joriy yilning 9 oyi davomida eksport qilingan karamlarning asosiy qismi Surxondaryo viloyati hududiga toʻgʻri kelmoqda. Eng koʻp karam eksporti Qozogʻiston va Rossiya davlatiga amalga oshirilgan.

Birjada shakar va paxta yogʻining narxi tushdi
Oʻtgan haftada Birjada paxta yogʻining narxi 4,4%ga, shakar esa 9,7%ga pastladi. Birjaning sement bozorida narxlarning pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlari koʻtarildi.

Markaziy bank joriy hafta uchun valyuta kurslarini eʼlon qildi
Markaziy bank 3 noyabrdan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi koʻtarildi, yevro va qozoq tengisi pastladi.

Sayyor qabullar: sirdaryoliklarning 600 dan ziyod murojaati joyida yechim topdi
Joriy yilning 26-27 oktabr kunlari Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari va Sirdaryo tumanida Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tashkil qilingan sayyor qabullarda viloyatning barcha hudud aholisi qamrab olindi.

Azerbaydjan stal liderom po importu uzbekskix kovrov
Za perviye devyat mesyatsev etogo goda Uzbekistan eksportiroval kovroviye izdeliya na $18,1 mln.

Oʻzbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan
Oʻtgan yilga nisbatan Oʻzbekistonga joriy yilda xorijdan koʻproq avtomobil keltirilgan. Eng koʻp avtomobil Xitoydan import qilingan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi nima uchun goʻsht narxi oshganini eʼlon qildi
Sentyabr oyida goʻsht mahsulotlarining narxida oʻsish kuzatildi. Goʻsht narxining oʻzgarishiga yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozogʻistondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida goʻsht mahsulotlariga boʻlgan talabning oshishi sabab boʻlgan.

1 AQSh dollari qariyb 12 soʻmga pastladi
Markaziy bank 27 oktyabrdan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi pasaydi, yevro va qozoq tengisi koʻtarildi.

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi
Ushbu qaror real foiz stavkalar ijobiyligini saqlab qolish, yuzaga kelgan vaqtinchalik inflyasion xatarlar fonida, iqtisodiy faollikni yanada ragʻbatlantirish uchun qulay sharoitlarning yaratilishi va oʻrta muddatli davrda inflyasiya dinamikasining yanada sekinlashishi oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qaratilgan.

Eksportoldi moliyalashtirish uchun kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi
Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Prezident videoselektorida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar tahlil qilinib, soʻnggi chorak uchun vazifalar belgilandi
Sanoat tarmoqlaridagi natijalar va qoʻshimcha imkoniyatlar muhokama qilindi.

9 oylik eksport hajmi 11,8 milliard dollarni tashkil etdi
Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tushishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti oʻsish surʼatlarining sekinlashishi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga oʻz taʼsirini koʻrsatib, 2019 yilning 9 oyiga (12,9 mlrd. dollar) nisbatan 1,1 mlrd. dollarga qisqarib, 11,8 mlrd. dollarga teng boʻldi.

Hududlarni rivojlantirish uchun 1,5 trln soʻm ajratiladi
Ushbu mablagʻlar hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, birinchi navbatda, aholisi nisbatan zich joylashgan va qamrov darajasi past boʻlgan aholi yashash punktlarida hamda yangi barpo etilayotgan massivlarda quriladi.

Milliy bankning ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi
Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi Oʻzmilliybank tomonidan xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Oʻzbekiston anorlari Koreyada donasi 4 dollardan yuqori narxda sotilmoqda
Oʻzbekistonda yetishtirilgan anorlar Koreyaning eng yirik supermarketida sotilmoqda. Ushbu anorlarning bir donasi 1 kg tosh bosadi.

Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan qiymati 5,8 milliard dollarga teng 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yigʻilishining protokoli imzolandi.

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadlariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida mablagʻ ajratiladi.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar AQSh va BAAga ham eksport qilinmoqda
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda AQSh, BAA, Quvayt, Latviya va Moldova ham qoʻshildi.

Joriy haftadan barcha valyuta kurslari koʻtarildi
Markaziy bank 13 oktyabrdan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar va yevro kursida sezilarli koʻtarilish kuzatildi.

Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot berdi
Soʻnggi ikki oy davomida karantin bilan bogʻliq cheklovlarning yumshatilishi hamda iqtisodiy faollikning asta-sekinlik bilan tiklanib borishi taʼsirida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga boʻlgan talabning nisbatan yuqori darajada boʻlishi kuzatildi.

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistoning suveren kredit reytingi bahosini VV- (barqaror) darajada saqlab qoldi
COVID-19 global pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi reytingining barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga doir Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi
Hujjatda qayd etilishicha, jismoniy shaxslarga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan koʻp boʻlmagan oʻrindiqli yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar roʻy bergan taqdirida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlaydigan qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi.
