Birjada shakar va paxta yogʻining narxi tushdi
Oʻtgan haftada Birjada paxta yogʻining narxi 4,4%ga, shakar esa 9,7%ga pastladi. Birjaning sement bozorida narxlarning pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlari koʻtarildi.

2020 yil 26 oktyabr – 1 noyabr kunlari "Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 239,8 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 7,9% ga kam, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, sotuvlarning 88,1% - birja savdolari, 3,3% - koʻrgazma-yarmarka savdolari, 8,2% - elektron davlat xaridlari va 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri kelmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 424,4 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 21,6 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejab qolingan.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 259 ta avtoraqamlar sotilgan boʻlib, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,1% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 10,9% ikkinchi, 14,5% uchinchi, 13,7% toʻrtinchi, 21,5% beshinchi va 35,3% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 091,9 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:
Paxta yogʻi
Oʻtgan haftada birja savdolariga 3 737,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 2 194,0 tonnasi, yaʼni 58,7% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 187 ta xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 13 669,2 ming soʻmdan 13 064,8 ming soʻmgacha, yaʼni 4,4% ga pasaydi. Hafta yakunlariga koʻra 1-navli paxta yogʻining haftalik kotirovkasi mahsulotni bir tonnasi uchun 13 855,9 ming soʻmni tashkil etdi.
Shakar
Birjaning shakar bozori nisbatan barqarorlashdi. Hafta davomida birja savdolariga 5 245,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 4635 tonnasi, yaʼni 88,4% sotildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 867,8 ming soʻmdan 6 198,7 ming soʻmgacha, yaʼni 9,7% ga pasaygan. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 6 341,6 ming soʻmni, import qilingan 3-kategoriyali shakarning haftalik kotirovkasi esa 6 668,5 ming soʻmni tashkil etdi.
Sement
Birjaning sement bozorida narxlarning pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Hafta davomida birja savdolariga 236 544,0 tonna sement qoʻyildi va ulardan 226 212,0 tonnasi, yaʼni 95,6% sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 45,2 ming tonnani tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 557,8 ming soʻmdan 543,7 ming soʻmgacha, yaʼni 2,5% ga pasaygan.
Benzin
Oʻtgan haftada birja savdolariga 28 403,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 18 636,8 tonnasi, yaʼni 65,6% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 53 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 938,1 ming soʻmdan 4 944,7 ming soʻmgacha, yaʼni 0,1% ga sezilarsiz koʻtarildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 4 920,5 ming soʻmni, AI-91 – 5 473,0 ming soʻmni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

