Oʻzbekiston anorlari Koreyada donasi 4 dollardan yuqori narxda sotilmoqda
Oʻzbekistonda yetishtirilgan anorlar Koreyaning eng yirik supermarketida sotilmoqda. Ushbu anorlarning bir donasi 1 kg tosh bosadi.

Oʻzbekiston anorlari Koreyada. Bir donasi oʻrtacha 1 kg ogʻirlik bosayotgan bu anorlar Koreyaning eng yirik tarmoq supermarketi “Emart”da sotilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bir dona oʻzbek anori 4.33 dollarga sotilmoqda. Bu yil anorlarimiz mahalliy bozorlarimizda ham doimgi narxdan biroz qimmat boʻlishi mumkin. Oktyabr oyining boshida kutilmagan havo haroratining keskin pasayishi, anorlarning koʻp qismining terisi yorilishiga sabab boʻldi. Bu esa ularni saqlanish xususiyatini bir necha barobarga kamaytiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

