| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi88 marta oʻqildi

Oʻzbekiston 11 ta mamlakatga karam eksport qildi

Joriy yilning 9 oyi davomida eksport qilingan karamlarning asosiy qismi Surxondaryo viloyati hududiga toʻgʻri kelmoqda. Eng koʻp karam eksporti Qozogʻiston va Rossiya davlatiga amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston 11 ta mamlakatga karam eksport qildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 18, 4 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan karam eksport qilgan.

Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:

  1. Qozogʻiston – 8,7 mln.

  2. Rossiya – 8,1 mln.

  3. Qirgʻiz Respublikasi – 524,5 ming

  4. Ukraina – 518,5 ming

  5. Belarus – 475,8 ming

  6. Boshqalar – 94,7 ming AQSh dollari

Maʼlumot oʻrnida, 2020 yilning 9 oyida hududlar orasida Surxondaryo viloyati eng koʻp yaʼni, qiymati 4 438,5 ming AQSh dollariga teng boʻlgan karam eksport qilgan. Bu koʻrsatkich jami karam eksportining 24,1 % ni tashkil etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ