Review.uz saytidagi O'zbekistonning siyosiy yangiliklari - siyosatdagi so'nggi voqealar, O'zbekistonning siyosiy yangiliklariga sharh
385 ta material

Prezident: Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yoʻqqa chiqarishi mumkin
Bugungi videoselektor yigʻilishi avvalida Prezident koronavirus bilan kasallanganlar soni oxirgi kunlarda koʻpayganini qayd etdi. Epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlar toifasini qayta koʻrib chiqish, kunlik test olishni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Davlat xizmatchilariga har yili daromad, mol-mulk va katta xarajatlar toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etish majburiyati qoʻyiladi
Davlat xizmati toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Muhokama 6 iyungacha davom etadi.

Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasidagi oʻlim holatlari maxfiylikdan chiqariladi
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasidagi bir qancha maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi

«Qamchiq» dovonida «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yoʻli quriladi
“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini oʻz ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yoʻli loyihasi boʻyicha tender eʼlon qilinadi.

Uzbekistan Airways xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi rejalashtirilmoqda
Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilar jalb qilinib, Uzbekistan Airways nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

Oʻzbekiston transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha qancha zarar koʻrgani aytildi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash va izchil rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda transport korxonalari karantin cheklovlari sababli qancha zarar koʻrganligi aytildi.

Hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga oʻzgartishlar kiritildi
DXMlar va YaIDXP orqali roʻyxatning 1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Andijon viloyatida 819 ta oilaga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi mutasaddilar bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda uy-joyga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etib, Andijon viloyatida 819 ta oilaga subsidiya ajratish zarurligini taʼkidladi.

Andijonda 42 ming ish oʻrni yaratiladi
Joriy yilda Andijon viloyatida 789 ta loyiha boʻyicha 7 trillion soʻm investitsiya oʻzlashtirilib, 42 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev: Statistlar bergan raqamlar bilan shu paytgacha toʻgʻri yoʻnalish qilib boʻlmadi, xalqimiz manfaat koʻrmadi
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yigʻilishda "Shunday ogʻir sharoitda fidoyi boʻlmagan rahbar - xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar" - dedi.

Prezident Andijonda ochilgan texnoparkni borib koʻrdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida Digital City nomli texnopark bilan tanishdi. Yoshlar bilan suhbatda ularni doimiy oʻrganish, izlanishga chorladi.

Prezident 258 nafar mahkumni afv qildi
Afv etilganlarning 164 nafari taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari.

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda qurilgan yangi qurilgan uylarni borib koʻrdi va xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida 10 yil qarovsiz yotgan, hozirda zamonaviy binoga aylangan korxonani borib koʻrdi
Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik va jinsi ishlab chiqarish, mato toʻqish va boʻyash korxonalari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev: Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Andijon viloyatiga keldi.

Birlamchi bozordan uy sotib olganda toʻlanadigan 5 foizlik stavka bekor boʻldi
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Prezident Andijonga joʻnab ketdi
Safar davomida qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalari, bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri muzeyini borib koʻrdi (foto)
Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega boʻlgan hududning qadim oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, ilm-fani, madaniyati va sanʼatini oʻzida aks ettiradi.

Kuniga 250 nafarga moʻljallangan Bolalar milliy tibbiyot markazi ochildi (foto)
Toʻrt qavatli davolash korpusi 280 ta oʻringa ega, poliklinikada kuniga 250 nafargacha bemor qabul qilinadi. Bu yerda faoliyat yuritish uchun 100 dan ortiq vrach va hamshiralar Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytdi.

Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto)
Bu yangi obʼyekt katta yuklamani oʻziga olib, “Toshkent-Chimyon” yoʻnalishi boʻyicha masofani 22 kilometrga qisqartirdi.

XVF rahbari Oʻzbekiston Prezidentiga maktub yoʻlladi
Xalqaro valyuta fondining Ijroiya kengashi joriy haftada ushbu gʻoyat mushkul vaziyatda Oʻzbekistonga moliyaviy koʻmak taqdim etishni maʼqullaganidan mamnunman. Ushbu yordam Jahon banki guruhi va Osiyo taraqqiyot bankining koʻmagi bilan birgalikda bugungi sharoitda yuzaga kelgan moliyaviy ehtiyojlarni qondirish imkonini beradi, dedi xatida XVF boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva.

Ayrim qurilish texnikalari bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi
Koʻp qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, yana bir nechi mashina va mexanizmlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

Kredit olishda tadbirkorlarga oʻrnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi
Aholining isteʼmol qobiliyatini oshirish maqsadida isteʼmol kreditlarini berish kengaytiriladi.

60 dan ziyod kasb egalari daromad soligʻidan ozod qilinadi
Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.
