| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasidagi oʻlim holatlari maxfiylikdan chiqariladi

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasidagi bir qancha maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi

Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasidagi oʻlim holatlari maxfiylikdan chiqariladi

“Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

  • jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura boʻyicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida oʻlim holatlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

  • jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qoʻllaniladigan mahkumlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ