| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi144 marta oʻqildi

«Qamchiq» dovonida «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yoʻli quriladi

“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini oʻz ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yoʻli loyihasi boʻyicha tender eʼlon qilinadi.

«Qamchiq» dovonida «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yoʻli quriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash va izchil rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Uzbekistan Airways xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi rejalashtirilmoqda

Yigʻilishda avtotransportda xalqaro yuk tashuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ichki yoʻnalishlarda qatnaydigan avtobuslarni yangilash, bunday korxonalarni barqaror moliyaviy resurs bilan taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari ichki yoʻllar masalasiga alohida toʻxtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini qayd etdi. 80 ming kilometr ichki yoʻllarni rekonstruksiya qilish, bu borada butun dunyoda qoʻllanib kelinayotgan “foydalanuvchi toʻlaydi” tizimini joriy etish zarurligi taʼkidlandi.

“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini oʻz ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yoʻli loyihasi boʻyicha tender eʼlon qilinishi belgilandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ