Uzbekistan Airways xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi rejalashtirilmoqda
Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilar jalb qilinib, Uzbekistan Airways nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash va izchil rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda yangicha sharoit va talablar asosida transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Transport vazirligiga Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlarini pandemiya taʼsiridan olib chiqish boʻyicha biznes model ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Yevropa—Xitoy yoʻnalishida yuk tashish bozoriga kirish orqali qoʻshimcha daromad olish, joriy va investitsiyaviy xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, Uzbekistan Airwaysʼni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi koʻrib chiqildi.
Aeroportlarni modernizatsiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish boʻyicha tender eʼlon qilinishi belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

