Davlat xizmatchilariga har yili daromad, mol-mulk va katta xarajatlar toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etish majburiyati qoʻyiladi
Davlat xizmati toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Muhokama 6 iyungacha davom etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutuvchi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada davlat xizmatchilari har yili oʻzining daromadlar, mol-mulk va katta miqdordagi xarajatlar toʻgʻrisidagi, shuningdek, oila aʼzolarining daromadlar, mol-mulk va katta miqdordagi xarajatlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini taqdim qilishlari belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, Hujjat loyihasi bilan Davlat fuqarolik xizmatchisiga yana quyidagi majburiyatlar ham yuklanmoqda:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat qonunchiligi talablariga, davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa qonun hujjatlariga rioya etishga, unga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga, davlat organlari va tashkilotlarida oʻrnatilgan mehnat intizomiga, xizmat maʼlumotlari bilan ishlash va davlat organida oʻrnatilgan boshqa ichki mehnat tartib qoidalariga, shuningdek, Odob-axloq qoidalariga rioya etishga;
oʻz vakolatlarini amalga oshirishda ham, xizmatdan tashqari munosabatlarda ham manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish, xolis va begʻaraz boʻlish, millat va elatlarning tillari va urf-odatlariga hurmat koʻrsatish;
davlat fuqarolik xizmatining nufuzini tushirishga olib keluvchi yoki davlat fuqarolik xizmatchisi oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga shubha tugʻdiradigan har qanday harakatlardan oʻzini tiyishga, shu jumladan, diskriminatsiya (kamsitish)ning har qanday shaklidan, noxolislik yoxud oʻz xizmat vazifalarini bajarish jarayonida biror kimga boshqalardan farqli ravishda alohida munosabatda boʻlishga, begona shaxslarning oʻzining xizmat faoliyatiga taʼsir etish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaslikka;
oʻzining xizmat mavqeini shaxsiy yoki boshqa noqonuniy maqsadlarda ishlatmaslikka, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga va uning manfaatdor shaxslari va fuqarolariga taʼsir oʻtkazmaslikka;
rahbariyat va yuqori turuvchi organlar va tashkilotlarning oʻz vakolati doirasidagi buyruqlari, farmoyishlari, qarorlari, koʻrsatmalarini bajarishga, ushbu buyruq, farmoyish, qaror va koʻrsatmalar qonun hujjatlariga yaqqol zid boʻlgan holatlar bundan mustasno;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻzida aks ettirgan maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishiga, shuningdek xizmat faoliyati tugaganidan soʻng ham xizmat faoliyati paytida olingan maʼlumotlarni oshkor qilishga;
davlat mulkini but saqlashga, topshirilgan davlat mulkini faqatgina xizmat maqsadida ishlatishga;
oʻz kasbiy faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish hamda malakasini oshirishga;
davlat fuqarolik xizmatchisining psixologik portretini tuzish maqsadida psixodiagnostik koʻrikdan oʻtishga;
davlat fuqarolik xizmatchilarining bazaviy bilimlarini hamda dunyoqarashini aniqlash boʻyicha test sinovlarida qatnashishga.
Qonun hujjatlari bilan davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqa majburiyatlari belgilanishi mumkin.
Ushbu qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va Oliy Majlis Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari hamda sudyalardan tashqari barcha Oʻzbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatchilariga tatbiq etilishi nazarda tutilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

