| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi77 marta oʻqildi

Ayrim qurilish texnikalari bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi

Koʻp qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, yana bir nechi mashina va mexanizmlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

Ayrim qurilish texnikalari bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi

“Hududlarda koʻp qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi:

  • 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi);

  • 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda koʻp qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.

Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga ega boʻladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ