Life Style
222 ta material

Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab oldi
Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab olib, joriy yilda Avstriya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Infografika: 2020 yilning birinchi choragi uchun eksport tarkibi
2020 yilning yanvar-mart oylari uchun dastlabki maʼlumotlar.

DSQ yirik soliq toʻlovchilarga stiker beradi
Avtotransport vositasidan foydalanish uchun ruxsat beruvchi stiker olgan xodimlar mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.

Respublika maxsus komissiyasining qarori: karantin muddati uzaytirildi va yangi tartiblar kiritildi
Karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning (fuqarolik pasporti, Oʻzbekistonda yashash ruxsatnomasi), avtotransport vositalari uchun talab qilinadigan hujjatlar (sugʻurta polisi, transportni boshqarish uchun ishonchnoma, transport vositasini (qayta) roʻyxatdan oʻtkazganlikni hamda texnik koʻrikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar) amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi.

Infografika: 2020 yilning yanvar-mart oylari uchun yoʻlovchi tashish va yoʻlovchi aylanmasi hajmi
Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida Oʻzbekiston transport sanoatida bir qancha oʻzgarishlar roʻy berdi.

2020 yilning yanvar-mart oylari uchun yuk tashish va yuk aylanmasi hajmi
Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida Oʻzbekiston transport sanoatida bir qancha oʻzgarishlar roʻy berdi.

COVID-19ning navbatdagi tahdidi
YEOOIning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportiga qoʻygan taqiqi Oʻzbekistonga taʼsir qiladimi?

Bu juda qiziq: Dunyoning mashhur Luvr, Ermitaj va Britaniya muzeylariga bepul sayyohat qilish mumkin
Ushbu muzeylar va NASA, Tretyakov galereyalari hamda jahon madaniyatining eng nodir namunalari saqlanadigan yana koʻplab maskanlarga uydan chiqmay bepul sayohat qilish imkoni paydo boʻldi.

Maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan avtoransportlar roʻyxati eʼlon qilindi
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar roʻyxati va avtotransport vositalarining 50 foizga qisqartirilgan roʻyxati shakllantiriladi.

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning yangilangan roʻyxati
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning roʻyxati qisqartirilib, alohida eʼlon qilindi.

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi
Maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi.

“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka mahsulotlari rasmiylashtirildi
“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti Afgʻoniston va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasida Amudaryo orqali yuk tashuvida suv transporti va ularda tashilayotgan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirda aholining eng muhim zaruriy va birlamchi tovarlari boʻlgan kartoshka, shakar, guruch, sarimsoq piyoz kabi mahsulotlar tez fursatlarda ichki bozorlarga yetkazib bermoqda.

Deputatlar Oʻzbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasi haqida fikrlarini bildirdi
YeOII bilan hamkorlik qilish biz uchun qiymati 1 trillion 587 milliard AQSh dollariga teng boʻlgan bozorga kirish imkonini beradi. Oʻzbekiston bu bozorga oʻzining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda koʻrishi mumkin, deydi Akmal Burhonov. Qodir Jumayev esa, YeOIIga aʼzo davlatlarning birortasiga xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan sanksiyalar qoʻllaniladigan boʻlsa, bu holat Oʻzbekistonga ham taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi, degan fikrni bildirdi.

Navoiy viloyatida 2020 yilning 1 choragida 93,8 million dollarga teng boʻlgan mahsulotlar eksport qilingan
Joriy yilda eksport hajmining 31,5 million dollarga teng qismi hududiy korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, tarmoq korxonalari tomonidan 62,3 million dollarlik tovarlar chet eldagi hamkorlarga yuborilgan.

Koronavirusga qarshi kurash choralari yanada kuchaytirilmoqda
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00 dan boshlab, mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.

2 apreldan boshlab tovardan oldin u haqida maʼlumot yetib keladi
Havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan, yoʻlovchilar va ular yuklari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmogʻi orqali yuboriladi.

Avtomobillar uchun stikerlarni berish tartibi oʻzgardi
Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining xabar qilishicha, amaldagi tartib takomillashtirib, respublikada avtotransport harakati bilan bogʻliq kelib tushgan takliflarni eʼtiborga olib, yangi tartib ishlab chiqilgan.

Qanday avtomobillarning koʻchalarda harakatlanishiga ruxsat beriladi?
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan koʻchalarda harakatlanishi uchun baʼzi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

UzAuto Motors Qozogʻistonda oʻz avtomobillarini yigʻishni boshladi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat rahbarlari Qozogʻistonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi. Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish hajmi yiliga 26 ming transport vositasini tashkil qiladi, kelgusida uni 100 ming dona avtomobilga yetkazish koʻzda tutilgan.

Koronavirus tufayli respublikaning barcha hududlaridan transport harakati toʻxtatildi hamda koʻchada odamlarning toʻplanishiga cheklov oʻrnatiladi
Epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar oʻzaro muloqot chogʻida ikki metr masafo saqlashi shart. Koʻchada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning toʻplanishiga cheklov oʻrnatiladi.

Namangan shahri ham karantinga olindi
Namangan shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Namangan shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) toʻxtatildi.

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yilning yanvar-fevral oylaridagi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari
Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlariga eksportni oshiradi va importni kamaytiradi.

Ertadan Toshkentga kirish va chiqish vaqtincha cheklanishi rejalashtirilmoqda
24 martdan boshlab Toshkentdan viloyatlarga chiqish va viloyatlardan Toshkentga kirish jamoat transportlari uchun toʻxtatiladi.

22 martdan Toshkent shahridagi barcha jamoat transportlari toʻxtatiladi
Jamoat transporti oʻrniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.

Oʻzbekiston yanvar-fevral oylarida 1 mlrd dollarlik oltin sotdi
Oltin eksporti 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 1,7 foiz oʻsishni tashkil etmoqda.
