Koronavirus tufayli respublikaning barcha hududlaridan transport harakati toʻxtatildi hamda koʻchada odamlarning toʻplanishiga cheklov oʻrnatiladi
Epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar oʻzaro muloqot chogʻida ikki metr masafo saqlashi shart. Koʻchada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning toʻplanishiga cheklov oʻrnatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar oʻrnatilib, muayyan choralar koʻrilmoqda.
Xususan, 27 mart soat 10:00 dan eʼtiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, shaharlararo taksi, avia, temir yoʻl transporti)ning harakati (yuk tashish hollari bundan mustasno) butunlay toʻxtatiladi. Bunda muayyan hududga taaluqli avtotransportlarning (tranzit) oʻz hududlariga kirib borishiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi.
Mamlakatimiz fuqarolarining sogʻligʻini himoya qilish maqsadida zarur boʻlmagan hollarda (xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari hamda jamoat tashkiloti xodimlaridan tashqari), uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi. Oʻta zarur hollardagina koʻchaga chiqqanda (dorixona, oziq-ovqat doʻkonlari) – shaxsiy himoya vositasi (niqob)da boʻlishi shart. Bordiyu fuqarolar uyidan tashqariga shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Yaʼni, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida (1 115000 ming soʻm) jarima qoʻllaniladi.
Shuningdek, epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar oʻzaro muloqot chogʻida ikki metr masafo saqlashi shart. Koʻchada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning toʻplanishiga cheklov oʻrnatiladi. Bu taʼqiq bir vaqtda harakatlanayotgan oilaga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Respublika hududidagi barcha koʻngilochar obʼyektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik subʼyektlari (uyga yetkazib berish xizmati bundan mustasno) mamlakatdagi epidemiologik holat barqarorlashmaguniga qadar faoliyatini toʻxtatmay, davom ettirayotgan tadbirkorlik subʼyektlariga nisbatan keskin jazo choralari koʻrilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

