Navoiy viloyatida 2020 yilning 1 choragida 93,8 million dollarga teng boʻlgan mahsulotlar eksport qilingan
Joriy yilda eksport hajmining 31,5 million dollarga teng qismi hududiy korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, tarmoq korxonalari tomonidan 62,3 million dollarlik tovarlar chet eldagi hamkorlarga yuborilgan.

Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda eksport-import hajmlarining barqarorligini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlar kuchaytirilmoqda. Xususan bu borada Navoiy viloyati eksportchilari tomonidan 2020 yilning 1 choragida 93,8 million dollarga teng boʻlgan mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12 million dollar yoki 15 foizga koʻp demakdir.
Joriy yilda eksport hajmining 31,5 million dollarga teng qismi hududiy korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, tarmoq korxonalari tomonidan 62,3 million dollarlik tovarlar chet eldagi hamkorlarga yuborilgan.

Tarmoq korxonalari tomonidan asosan tabiiy qazilmalar eksport qilingan boʻlsa, hududiy korxonalar eksportida bir muncha xilma-xillikni kuzatish mumkin. Xususan, ushbu korxonalar tomonidan kalava ip, toʻqimachilik mahsulotlari, daraxt va oʻsimliklar, meva-sabzavot mahsulotlari, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar kabi jami 27 xil tovar eksport qilingan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

