| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi103 marta oʻqildi

“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka mahsulotlari rasmiylashtirildi

“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti Afgʻoniston va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasida Amudaryo orqali yuk tashuvida suv transporti va ularda tashilayotgan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirda aholining eng muhim zaruriy va birlamchi tovarlari boʻlgan kartoshka, shakar, guruch, sarimsoq piyoz kabi mahsulotlar tez fursatlarda ichki bozorlarga yetkazib bermoqda.

“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka mahsulotlari rasmiylashtirildi

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida “Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka, 112 tonna guruch, 10 tonna sarimsoqpiyoz mahsulotlari qisqa muddatlarda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, ichki bozorlarga tarqatildi.

Bundan tashqari, mavjud vaziyatni inobatga olgan holda yana 20 turdagi tovarlar (13 turdagi oziq-ovqat, 7 turdagi gigiyena mahsulotlari) importiga 2020 yilning soʻngiga qadar bojxona boji va aksiz soligʻidan imtiyozlar joriy etildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ