Review.uz saytidagi O'zbekistonning siyosiy yangiliklari - siyosatdagi so'nggi voqealar, O'zbekistonning siyosiy yangiliklariga sharh
385 ta material

Kimyo va biologiya boʻyicha milliy sertifikatga ega oʻquvchilar OTMga kirishda testdan ozod boʻladi
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari hamda rahbar kadrlarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning daromadini oshirish sanoat rivoji bilan chambarchas bogʻliq
Oʻzbekistonda birinchi yarim yillikda sanoat mahsuloti hajmi 167 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilgiga nisbatan 1,9 foizga kamaygan.

15 avgustdan avtotransport vositalarining kuni bilan yurishiga va 30 kishilik toʻylarga ruxsat berildi
12 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida karantin choralarini bosqichma-bosqich yengillashtirish zarurligi aytib oʻtildi. Bir qancha tarmoqlar 15 avgustdan ishga tusha boshlaydi.

Jahon banki 30 yil muddatga shartlar asosida 500 mln dollar mablagʻ ajratadi
Prezident qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish loyihasi toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Qaror bilan Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yoʻnalishlari, mablagʻdan foydalanish sxemasi va tartiblari belgilab berilgan.

Prezident Izboskan, Gʻuzor, Chust, Buvayda, Urgut va Shahrixon tumanlarida tozalash xizmatini tanqid qildi
10 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan yigʻilishda maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini yil yakunigacha 25 foizgacha, 2021 yilda kamida 35 foizga yetkazish zarurligi belgilandi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi qayd etildi
Fuqarolarimizning chet elda huquqlarini himoya qilish, ularga tegishli yordam va yuqori sifatli konsullik xizmatlarini koʻrsatishning amaldagi tartibi qattiq tanqid qilinmoqda.

Senat tomonidan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi (yangi tahrirda)
Qonunning qabul qilinishi ishsizlarni moddiy qoʻllab-quvatlash va ularning ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirishni mustahkamlaydi.

Senat Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonlik muhojirlarni himoya qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga soʻrov yuboradi
Senatining oltinchi yalpi majlisida xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hukumat oldida turgan ustuvor masalalar sirasiga kirishi taʼkidlab oʻtildi.

Senat tomonidan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi (yangi tahrirda)
Maʼqullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Senatning oltinchi yalpi majlisida 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish boʻyicha taklif
Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisida Mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlari bilan ijro organlarining 108 nafar rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrish, jumladan, 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish boʻyicha takliflar kiritildi.

OTMlarga kirish imtihonlari stadionlarda oʻtkaziladi
Yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligini, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga choʻzilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etiladi.

Prezident huzurida Jahon banki kredit mablagʻlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻyicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi. Kredit mablagʻining 65 million dollari evaziga zamonaviy agrologistika markazlari va komplekslarini tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Prezident Jamshid Qoʻchqorov va Sardor Umurzoqov zimmasiga masʼuliyatli vazifa yukladi
Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni energetika, transport, kommunal xoʻjalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqdi (+foto)
Poytaxtdan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 8371 gektar yer maydoni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonda Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi
Yagona ijtimoiy reyestr orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida beriladi.

Ehtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar oson va qulay tarzda taqdim etiladi
2021 yil 1 yanvardan boshlab, kam taʼminlangan oila maqomini olish uchun fuqarolardan hozirgidek 12 ta idoradan 30 dan ziyod maʼlumotlar talab qilinmaydi.

Prezident Behzod Musayevga bir hafta muddatda vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yoʻllarini puxta oʻrganib chiqish topshirigʻini berdi
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yigʻilishida Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinayotgani haqida gapirdi va Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayevga yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yoʻllarini puxta oʻrganib chiqish topshirigʻi berildi.

Prezident: Musa Yerniyazov qahramon, xalqning qahramon rahbari edi (foto)
Nukus shahrida Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan taʼziya marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila aʼzolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. Musa Yerniyazov ulkan rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongani taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto)
Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, oʻz vaqtida haq toʻlash zarurligini aytdi
Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida sogʻliqni saqlash milliy tizimini qoʻllab-quvvatlash, jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, oʻz vaqtida haq toʻlash, ularni zarur yakka tartibdagi himoya vositalari, oziq-ovqat va yotoq bilan taʼminlash zarurligi qayd etdi.

Korrupsion va yashirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi
27 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy oʻrganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab boʻlayotgan vakolatlarni qisqartirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Sudlar faoliyati takomillashadi
Davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga koʻra jinoyat ishini tugatiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga oid toʻplam nashrdan chiqarildi
Toʻplamda davlat rahbarining 2016 yil sentyabr oyidan 2020 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrdagi siyosiy faoliyati solnomasi batafsil aks ettirilgan.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik koʻrsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmonni imzolandi.

Prezident videoselektor yigʻilishida bir qancha topshiriqlar berdi
Suv xoʻjaligi vazirligiga 2025 yilga qadar sohani toʻliq raqamlashtirish, jumladan, suvni nazorat qilish va hisobini onlayn tarzda yuritish boʻyicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
