15 avgustdan avtotransport vositalarining kuni bilan yurishiga va 30 kishilik toʻylarga ruxsat berildi
12 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida karantin choralarini bosqichma-bosqich yengillashtirish zarurligi aytib oʻtildi. Bir qancha tarmoqlar 15 avgustdan ishga tusha boshlaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda.
Davlatimiz rahbari tadbir boshida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, oxirgi bir oyda barcha hududlarda davolash oʻrinlari va nafas berish apparatlari soni bir necha barobar koʻpaytirilgani, muolaja qilish usullari yangilangani hamda tez tibbiy yordam xizmati kuchaytirilgani qayd etildi. Bularning natijasida mamlakatimiz boʻyicha koronavirusdan sogʻayish koʻrsatkichi 59 foizdan 77 foizga yetdi. Virus yuqtirganlar soni 32 mingdan oshgan boʻlsada, ularning 25 mingdan ziyodi sogʻaygan, 7 ming bemor davolanmoqda.
– Har bir fuqaromiz sogʻligʻi va hayoti uchun kurashni yanada kuchaytirgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini taʼminlash, aholining yashash sharoitini yengillashtirish maqsadida karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarur. Xalqimizning oʻzi shuni iltimos qilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuni hisobga olib, 15 avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yoʻl qatnovi uchun ruxsat berish kerakligi aytildi. Sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, goʻzallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat koʻrsatadigan umumiy ovqatlanish obʼyektlari faoliyati ham tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar oʻtkazish mumkin boʻladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

