| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi76 marta oʻqildi

Senat Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonlik muhojirlarni himoya qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga soʻrov yuboradi

Senatining oltinchi yalpi majlisida xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hukumat oldida turgan ustuvor masalalar sirasiga kirishi taʼkidlab oʻtildi.

Senat Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonlik muhojirlarni himoya qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga soʻrov yuboradi

Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisida Rossiyada mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu parlament soʻrovi fuqarolarning turli davlat tashkilotlariga yuborgan murojaatlari asosida shakllantirilgan.

Senatorlar ikki tomonlama bitimlar borligiga qaramay, fuqarolarni ishga tashkiliy tarzda joylashtirish koʻrsatkichlari pastligicha qolayotganini taʼkidladilar. Masalan, 2019 yilda Rossiyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xususiy agentliklar tomonidan tashkiliy tarzda qabul qilish orqali 1425 kishi ishga joylashtirilgan.

Moskva shahridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasining maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha mehnat migrantlarining 25,4 foizi tegishli patentni rasmiylashtirmay ishlamoqda. Yaʼni Rossiya qonunchiligiga koʻra noqonuniy faoliyat olib bormoqda.

Tartibsiz mehnat migratsiyasining mavjudligi, mehnat migrantlarining jamiyatga moslashuvi past darajadaligi bilan bogʻliq muammolar hal etilmaganligi, rus tilini, Rossiyaning mehnat va migratsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini sust darajada bilish fuqarolarning huquqlarini taʼminlashda koʻplab muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Senatorlar tomonidan xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hukumat oldida turgan ustuvor masalalar sirasiga kirishi taʼkidlab oʻtildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ