| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi161 marta oʻqildi

Senat tomonidan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi (yangi tahrirda)

Maʼqullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Senat tomonidan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi  (yangi tahrirda)

Senat tomonidan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi. Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiya masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turini takomillashtirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, qonunda boshlangʻich taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi taʼlim shaklida umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida taʼlim amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qonun taʼlimning nodavlat shaklini rivojlantirishga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalanishga, ilm-maʼrifatga doir ish joylari kengayishiga imkon beradi.

Maʼqullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ