Senatning oltinchi yalpi majlisida 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish boʻyicha taklif
Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisida Mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlari bilan ijro organlarining 108 nafar rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrish, jumladan, 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish boʻyicha takliflar kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva mahalliy Kengashlar bilan hamkorlik borgan sari yangi yoʻnalishlarda rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
– Joylardagi deputatlarimiz Senat majlislarida ishtirok eta boshladi, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Jumladan, bugungi majlisimizda ham mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari vakillari qatnashmoqda. Senat qoʻmitalarining deyarli barcha nazorat-tahlil tadbirlari mahalliy Kengashlar bilan bamaslahat va bevosita hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlarga biriktirilib, mahalliy Kengashlar ishini samarali tashkil etish boʻyicha ish olib bormoqda. Umuman, mahalliy Kengashlarga har tomonlama koʻmaklashish borasidagi harakatlarimiz oʻzining amaliy natijalarini bera boshladi.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida mahalliy Kengashlarning 1 700 dan ziyod sessiyalarida 9 mingdan ortiq masala muhokama etildi. Qariyb 4 ming marta mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitildi. 660 marta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi. Mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga 21 mingdan ziyod deputatlik soʻrovlari yuborildi.
Yana bir jihat. Mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlari bilan ijro organlarining 108 nafar rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrish, jumladan, 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish boʻyicha takliflar kiritildi.
Shu bilan birga, mahalliy Kengashlar faoliyatini onlayn tarzda yoritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgani avval kuzatilmagan yangilikdir. Xususan, xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining shu yil 24 iyuldagi 9-sessiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn efirga uzatildi. Bunday amaliyotni boshqa hududlarda ham qoʻllash zarur.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

