Oʻzbekistonda Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi
Yagona ijtimoiy reyestr orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida beriladi.

Oʻzbekistonda ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizimni yoʻlga qoʻyish maqsadida Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi. Bu haqda 2020 yilning 4 avgust kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorida nazarda tutilgan.
Mazkur tizim yil yakuniga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Yagona ijtimoiy reyestr orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida beriladi.
Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni bosqichma-bosqich oshiriladi:
▪️ hozirda 600 ming;
▪️ 2020 yil oxirigacha 1 mln 200 mingga;
▪️ 2021 yilda 1 mln 500 ming nafarga yetkaziladi.
— 2021 yil 1 yanvardan boshlab kam taʼminlangan oila maqomini olish uchun fuqarolar koʻplab hujjatlar yigʻib ovora boʻlmaydi.
— Ehtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar qulay tarzda taqdim etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

