Toshkentda Behzod Abduraimovning xayriya konserti boʻlib oʻtadi
Behzod Abduraimov ilk konsertini Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri bilan birgalikda dirijyor Shax Sodiqov boshchiligida ijro etadi.

Behzod Abduraimov ilk konsertini Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri bilan birgalikda dirijyor Shax Sodiqov boshchiligida ijro etadi.
16 noyabr kuni "Oʻzbekiston" xalqaro forumlar saroyida qator xalqaro mukofotlar sovrindori, AQShning Missuri shtatida yashab ijod qilib kelayotgan pianinochi Behzod Abduraimovning xayriya konserti boʻlib oʻtadi.
Behzod Abduraimov va Shax Sodiqov V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan akademik litseyi bitiruvchilaridir. Toshkentdagi konsert litseyning 80 yilligiga bagʻishlanadi.
Ushbu xayriya konserti musiqachining oʻz gʻoyasi boʻlib, "Prezidentning 5 tashabbusi" loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining suratga olish ishlari boshlandi (+foto)

Aziz Abduhakimov Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi Turizm masalalari vazirlarining V yigʻilishida yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Samarqand va Buxoro malayziyalik turistlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish maskaniga aylanishi mumkin

