Investitsiyalar
86 ta material

InnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi
Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xiva tumani kompleks rivojlantiriladi
Hukumat qarori (901-son, 02.11.2019 y.) bilan 2019-2020 yillarda Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Qashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni koʻrib chiqildi
2019 yil 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida "Shoʻrtan GKM tozalangan metanga asoslangan bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining qurilish maydonchasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri — A.S.Sultonov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Xorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni "Oʻzbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan "Yoʻl xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Qoraqalpogʻistondagi Akchakoʻl va Sudoche koʻllarida sayyohlik zonalari tashkil etiladi
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Investitsiya portaliga Qoraqalpogʻiston Respublikasida rejalashtirilgan turizm sohasidagi 2 ta investitsiya taklifini joylashtirdi: bu Akchakoʻl koʻlida sayyohlik kompleksi va Sudoche koʻlida qushlarni kuzatish punktlarini yaratish (qushlarni kuzatishni ommalashtirish) boʻyicha maxsus ekoturizm majmuasini yaratish.

Banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Toshkent viloyatida tashkil etilgan xalqaro investitsion forumda qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi
Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi soliq kreditlari joriy etilishini taklif etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida akademiya professor oʻqituvchilari, Davlat soliq qoʻmitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi soliq kodeksi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Surxondaryo viloyatining ikkita tumanida 200 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi.

2020 yil 1 yanvardan import boʻyicha stavkalar yangilanadi
Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqildi. Oʻzgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Investitsiya jarayenlarini jadallashtirishning ikki jihati
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, investitsiya kapitalini shakllantirish tizimi mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbalariga mos holda takomillashib borishi kerak.
