2020 yil 1 yanvardan import boʻyicha stavkalar yangilanadi
Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqildi. Oʻzgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqildi. Oʻzgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Oʻzgartirishlar milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion rivojlanish va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishga qaratilgan.
Aksiz boʻyicha uchta oʻzgartirish nazarda tutilmoqda:
import qilinadigan shakarga (oq rangli, xushboʻy taʼm yoki rang beruvchi qoʻshimchalar qoʻshilmagan, TIF TN kodi 1701 99) 20%lik stavka boʻyicha soliq solinadi). Hozir ushbu pozitsiyada aksiz toʻlanmaydi;
import qilinadigan suv, muz va qorga (TIF TN kodi 2201) stavka 50%gacha oshiriladi, biroq bir litr uchun 0,25 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. 2019 yilda u bojxona qiymatining 25%ini tashkil qiladi;
import qilinadigan, ishlab chiqarilganiga 2 yil boʻlgan, ekvivalentda 40 ming AQSh dollari va undan ortiq qiymatga ega yengil avtomobillarga (TIF TN kodlari 8703 22, 8703 23, 8703 23 194 0, 8703 24, 8703 31, 8703 32, 8703 33) qoʻllanilgan bojxona qiymatining 20%i miqdoridagi imtiyozli stavka bekor qilinadi.
Bojxona bojlari qismiga keng koʻlamli oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Mohiyatiga koʻra, amaldagi stavkalar tizimining yangi tahriri qabul qilingan. Natijada deyarli har bir tovar guruhi doirasida miqdorlar yangilandi: oziq-ovqat va nooziq tovarlari, sanoat mahsulotlari, transport vositalari va h.k. Asosan, advalor stavkalarni kombinatsiyalangan stavkalarga oʻzgartirish orqali ularni oshirish (yaʼni quyi cheklangan qiymatni joriy qilish, tahr. izohi), amaldagi nol darajali stavkalarni bekor qilish hamda boj olinadigan yangi pozitsiyalarni kiritish haqida aytilmoqda.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalarni koʻrib chiqish vazifasi yuklandi:
xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda xalqaro kurerlik joʻnatmalari uchun bir martalik bojsiz narx va ogʻirlik meʼyorlarini joriy etish hamda ushbu meʼyorlardan oshgan taqdirda alohida yigʻimlarni undirish;
2020 yil 1 yanvardan boshlab bojxona boji va aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlarni ushbu imtiyozlarning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilish.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

