Qashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni koʻrib chiqildi
2019 yil 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida "Shoʻrtan GKM tozalangan metanga asoslangan bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining qurilish maydonchasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri — A.S.Sultonov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

2019 yil 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida "Shoʻrtan GKM tozalangan metanga asoslangan bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining qurilish maydonchasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri — A.S.Sultonov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Majlisda «Oʻzbekneftgaz» AJ, «Uzbekistan GTL» MChJ, «Shoʻrtan GKM» MChJ rahbarlari, bosh pudratchi «HyundaiEngineeringLtd.» va «EnterEngineeringPte. Ltd.» konsorsiumi loyiha direksiyasi, loyihani boshqarish boʻyicha maslahatchi «TechnipFMC» rahbarlari, shuningdek boshqa masʼul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda “Shoʻrtan GKM tozalangan metanidan olingan sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning joriy holati tanqidiy koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, investitsiya loyihasini amalga oshirish faol bosqichga oʻtgan. Bugungi kunga kelib, shartnomani "tayyor holda" shartiga koʻra bajarish 80,4% ga yetdi, qurilish maydonchasiga 8 mingga yaqin ishchilar, 800 dan ortiq texnika safarbar qilingan. Asosiy texnologik uskunalarning 85% dan ortigʻi qurilish maydonchasiga yetkazib berildi va 25,5 ming tonnadan ortiq uskunalar boʻlgʻusi zavodning texnologik zonasiga oʻrnatib boʻlindi.
Yigʻilish yakuniga koʻra, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish, qurilish maydonchasiga qoʻshimcha ishchilarni jalb qilish, shuningdek, investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

