Oʻzbekiston, AQSh va Afgʻoniston oʻrtasidagi uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019 yilning 9 dekabr kuni “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumining sakkizinchi vazirlar konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston, AQSh va Afgʻoniston delegatsiyalari rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

2019 yilning 9 dekabr kuni “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumining sakkizinchi vazirlar konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston, AQSh va Afgʻoniston delegatsiyalari rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisi Ellis Uells va Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Idris Zaman boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.
Uch tomonlama uchrashuv chogʻida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdoni kengaytirish, Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashish, shuningdek, ushbu davlatni mintaqaviy integratsion jarayonlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Afgʻoniston hukumati va xalqaro hamjamiyatga tinch siyosiy jarayonni ilgari surish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash va Afgʻonistonni Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyalashuviga koʻmaklashish boʻyicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatini AQSh va Afgʻoniston tomonlari yuqori baholadilar.
Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha hamkorlik yoʻllarini muhokama qilish, shuningdek, ushbu hamkorlik jarayonida muayyan loyihalarni moddiy-texnik ragʻbatlantirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish uchun ushbu uch tomonlama maslahatlashuvlarda doimiy tus berishga kelishib olindi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Qirgʻiz Respublikasiga mobil shifoxona uchun konteynerlar yetkazib berildi

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi

Dushanbe shahridagi ilmiy-amaliy anjumanda Oʻzbekiston va Tojikiston aqliy markazlari hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olishdi (+video)

