Oʻzbekiston Prezidentining maxsus vakili Hindistonda muzokaralar oʻtkazdi
2019 yil 3 dekabr kuni Dehli shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Pankaj Saran, tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Vijay Thakur Singh hamda TIV departamenti direktori Dipak Mittal bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuvlar chogʻida ikki mamlakatning afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi saʼy-harakatlari, Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash yoʻllari, shuningdek, ushbu mamlakatda turli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Hindiston tomoni Oʻzbekiston rahbariyatining Afgʻonistonni tinch yoʻl bilan rivojlantirish borasidagi siyosatini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Suhbatdoshlar soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston afgʻon muammosini hal qilishda muhim rol oʻynamoqda va bunda avvalo Afgʻoniston xalqi manfaatlarini ilgari surmoqda.
Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolarini tayyorlash boʻyicha Taʼlim markazi bazasida Afgʻoniston uchun milliy kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Hindiston tomoni ushbu Markazda Afgʻonistonda eng koʻp talab etilayotgan mutaxassisliklar boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish masalasini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Qirgʻiz Respublikasiga mobil shifoxona uchun konteynerlar yetkazib berildi

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi

Dushanbe shahridagi ilmiy-amaliy anjumanda Oʻzbekiston va Tojikiston aqliy markazlari hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olishdi (+video)