| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 943 marta oʻqildi

Markaziy bank 2020 yildan inflyasion targetlashga oʻtadi

2020 yildan Markaziy bank inflyasion targetlashga oʻtadi. 2023 yilgacha inflyasiya boʻyicha doimiy target 5 foiz darajasida etib belgilandi.

Markaziy bank 2020 yildan inflyasion targetlashga oʻtadi

Oʻzbekiston Markaziy banki 2020 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga oʻtadi. Bu haqda prezidentning 19 noyabrdagi farmonida soʻz boradi. Inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) oʻrnatish rejalashtirilmoqda.

Inflyasion targetlash, bu — davlat idoralari tomonidan mamlakatda inflyasiyani nazorat qilish uchun koʻradigan monetar chora-tadbirlar majmuidir. Buning uchun oʻrta muddatli makroiqtisodiy prognozni belgilanishi, soʻngra prognozdan chetga chiqqan taqdirda — iqtisodiyotdagi maqbul holatga qaytishga imkon beruvchi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi kerak.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ