Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga aʼzolikning savdo-transport yoʻnalishidagi afzalliklari
Iqtisod fanlari doktori, professor Dilfuza Raximova "Iqtisodiy tahlil" jurnali uchun respublika YeOIIga aʼzo boʻlsa, qanday savdo–transport yoʻnalishida afzalliklarga ega boʻlishi haqida gapirib berdi.

Oʻzbekiston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga aʼzo boʻlishning ijobiy va salbiy tomonlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning iyun oyi oxirida parlament sessiyasidagi nutqida toʻxtalib oʻtgan edi.
Iqtisod fanlari doktori, professor Dilfuza Raximova "Iqtisodiy tahlil" jurnali uchun respublika YeOIIga aʼzo boʻlsa, qanday savdo–transport yoʻnalishida afzalliklarga ega boʻlishi haqida gapirib berdi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, YeOII MDHda eng ilgʻor integratsion loyiha hisoblanib, Yevropa Ittifoqidan keyin chuqur iqtisodiy integratsiyalashgan strukturaga ega dunyodagi ikkinchi katta tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.
Ittifoqning bir qismi sifatida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat harakati erkinligi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida muvofiqlashtirilgan, kelishilgan yoki yagona siyosatni amalga oshirish taʼminlanadi. Aʼzo davlatlarning moliyaviy-iqtisodiy resurslarini birlashtirish, Ittifoq ichidagi integratsion hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika sohalarida umumiy salohiyatdan faol foydalanish YeOII rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolmoqda.
2016-2018 yillarda YeOII mamlakatlari bilan Oʻzbekistonning umumiy tovar aylanmasi ikki tomonlama erishilgan kelishuvlarga koʻra 52 foizga, 9,65 mlrd. Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining qariyb 30 foizini tashkil etgan.
Respublika YeOII mamlakatlariga 4 milliard dollardan ortiq mahsulot eksport qiladi. Bu koʻrsatgich 2016 yilga nisbatan 40,4% ga yuqori boʻlgan.
Hozirgi kunda YeOII doirasidagi savdo Belorusiya tashqi savdosining 52,6%, Qirgʻizistonning 42,8%, Armanistonning 29%, Qozogʻistonning 23% ni tashkil etadi, bu esa mamlakatlarning YeOIIning yagona bozoriga boʻlgan qiziqishning ortishini bildiradi.
Birgina istisno – bu Rossiya iqtisodiyotidir, uning ulushi iqtisodiyot hajmini hisobga olgan holda taxminan 9% ni tashkil etadi.
Qozogʻiston YeOII doirasida ayrim sohalarda Ittifoq bozoriga eksportni koʻpaytirishga muvaffaq boʻldi: metal va metal mahsulotlari ( 15,4% ga oʻsish), mashinasozlik mahsulotlari ( 6,2%), toʻqimachilik, kiyim-kechak va poyabzal (28%), yogʻoch va qogʻoz mahsulotlari (44%).
Armanistonning YeOIIdagi ishtiroki Yerevandan Rossiyaga 87% eksportning oshishiga, shu jumladan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini keng koʻlamda eksport qilish imkonini berdi.
2016 yildan boshlab Qirgʻizistonning tashqi savdo aylanmasi yiliga 10% dan yuqori darajada oʻsib bormoqda.
2018 yilda Oʻzbekiston yuklarining eksport, import va tranzit temir yoʻl yoʻnalishlari boʻyicha tashishlar umumiy hajmida YeOIIga aʼzo davlatlarning ulushi mos ravishda 67%, 71% va 78% ni tashkil etgan.
Qozogʻiston orqali Oʻzbekiston eksport yuklarining umumiy hajmining 90%ini YeOIIga aʼzo mamlakatlarga yuborilgan. 2018 yil yakunlari boʻyicha Qozogʻiston temir yoʻl transporti orqali tranzit hajmi 17 mln. tonnani tashkil etgan.
Ayni paytda YeOIIga aʼzo davlatlarning yuklarini Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllari orqali tashish yiliga 648 ming tonnani tashkil etadi.
Masalan, Armanistonning 2015 da YeOIIga qoʻshilgandan soʻng, yuk tashish hajmi 200,7% ga oshgan. Shuni alohida taʼkidlash joizki, ushbu mamlakatning tranzit salohiyati Oʻzbekistonnikidan ancha pastdir.
2018 yilda Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari orqali eksport, import va tranzit yuklarini tashishning umumiy hajmida YeOIIga aʼzo davlatlarning ulushiga mos ravishda 51,4%, 58,2% va 41% ni tashkil etgan.
Armaniston 2015da YeOIIga kirgandan soʻng, avtomobil va temir yoʻl marshrutlarida yuklarni tashish xizmatlari narxi ketma-ket 18% va 21% ga kamaygan.
Qirgʻizistonning YeOIIga toʻliq aʼzo sifatida ishtirok etishi xalqaro qatnovlarga aviachiptalar narxini 14% ga, yuklarni havo yoʻli bilan tashish narxini 17% ga kamaytirishga yordam berdi.
Shu bilan birga, hamkorlar bilan birgalikda mamlakatning transport infratuzilmasi yaxshilanadi, eng muhimi mamlakatlar hududidan oʻtuvchi transkontinental yoʻllar orqali xalqaro transport koridorlarga qoʻshiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekistonning YeOIIga kirishidan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
- oʻzaro savdoda tartib-qoidalar soddalashtiriladi;
- eksport bojlari olib tashlanadi;
- mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi oshadi, asosan, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda oʻsish mumkin;
- yuk tashish xarajatlari kamayadi;
- yangi tranzit oqimlari jalb etiladi.
Raximova Dilfuza Nigmatovna,
iqtisod fanlari doktori, professor
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing




