| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Bozorlar2 daqiqada oʻqiladi209 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda ushbu haftada qaysi mahsulotlar arzonlashdi va narxlari oshdi

Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda goʻsht, guruch, kartoshka, tuxum, loviya va mosh mahsulotlari oʻrtacha narxi pasaydi.

Oʻzbekistonda ushbu haftada qaysi mahsulotlar arzonlashdi va narxlari oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 20 oktyabr holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).

Natijada quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 20 oktyabr holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan +0,36% ni tashkil etdi.

Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda goʻsht, guruch, kartoshka, tuxum, loviya va mosh mahsulotlari oʻrtacha narxi pasaydi.

Maʼlumot uchun: oʻrtacha mol goʻshti (-3,80%) va baliq (-3,08%) narxlari mos ravishda 56 023 soʻm va 20 770 soʻmni tashkil etdi. Parranda goʻshti (-1,03%) va qoʻy goʻshti (-0,49%) kabi mahsulotlarning narxlarida pasayish kuzatildi va ularning oʻrtacha narxi mos ravishda 20643 soʻm va 60630 soʻmni tashkil etdi. Kartoshkaning oʻrtacha narxi (-0,32%) 3706 soʻmni tashkil etdi. Guruch -0,67 % ga arzonlashdi va 10 700 soʻmni tashkil etdi. Tuxumning oʻrtacha narxi (-1,13%) 10 990 soʻmni tashkil etdi. Loviya va mosh narxi mos ravishda 13136 soʻm va 11513 soʻmni tashkil etdi (1-jadval).

Ushbu haftada sut, oʻsimlik moyi, bugʻdoy uni, shakar, makaron va sariyogʻ kabi mahsulotlar narxlarida biroz oʻsish kuzatildi.

Maʼlumot uchun: oʻtgan haftaga nisbatan pomidor (+30,14%) va bodring (18%) kabi mahsulotlarning narxlarida sezilarli darajada oʻsishi kuzatildi va ularning respublikada 1 kg uchun oʻrtacha narxi mos ravishda 4588 soʻm va 5405 soʻmni tashkil etdi. Bundan tashqari, tarvuz (+ 4,25%), qovun (+ 3,21%) va uzum (+ 2,63%) narxi qimmatlashdi va ushbu mahsulotlarning oʻrtacha narxi mos ravishda 1 kg uchun 1649 soʻm, 2353 soʻm va 9934 soʻmni tashkil etdi. Oʻsimlik yogʻining oʻrtacha narxi ( 1 litr) 13360 soʻmni (+ 2,36%) tashkil etdi. Bugʻdoy uni (+ 0,76%), makaron (+ 0,27%), sut (+ 0,13%) va sariyogʻ (+ 0,10%) kabi mahsulotlar narxlarnida oʻsishi sezilarsiz edi (1-jadval).

1-jadval. 20 oktyabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Viloyatlar kesimida Sirdaryo (+ 2,48%), Navoiy (+ 2,12%), Andijon (+ 1,61%), Qashqadaryo (+1,28%), Samarqand (+1,22%) va Fargʻona (+ 1,22%) viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasida (+ 1,08%) sezilarli oʻsish surʼatlari kuzatildi.

Toshkent (+0%), Surxondaryo (+0,03%), Namangan (+0,35%) va Buxoro (+0,58%) viloyatlarida nisbatan barqaror narxlar kuzatildi.

Xorazm viloyati va Toshkent shahrida narxlarning pasayishi mos ravishda -1,68% va -3,51% ga teng boʻldi.

20-oktabr holatiga koʻra narxlarning oʻsish surʼati oʻtgan haftaga nisbatan sezilarli darajada pasaydi, va 0,36% ni tashkil etdi (1-rasm).

1-rasm. Isteʼmol savatidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining dinamikasi (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ