Oʻzbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksining pasayishi qayd etildi
Oʻzbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek ushbu choralarning 15 avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil iyul oyida quyidagilarni tashkil etdi:
2020 yil iyun oyiga nisbatan – 959 birlikni (pasayish – 4,1%);
2019 yilning iyun oyiga nisbatan – 894 birlikni (pasayish – 10,6%).
Oʻzbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek ushbu choralarning 15 avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi.
Joriy yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi nafaqat oʻtgan oyga nisbatan, balki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ham pasayganligi kuzatildi.

1-rasm. 2020 yilning iyul oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.
Komponentlar darajasida oʻzgarishlar boʻlgan.
2020 yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 4,1 foizga pasayib, 959 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:
xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7,8 foizga kamaygan;
faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar boʻyicha komponent 1,0 foizga oshgan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,7 foizga oshgan;
tovar belgilari boʻyicha komponent 62,4 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtgan oydagi kabi eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan.
2020 yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 10 ta hududida oʻtgan oyga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (33,4%), Surxondaryo (28,9%), Samarqand (15,7%), Buxoro (12,6%) va Xorazm (10,9%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).
Shu bilan birga, Andijon (6,0%), Sirdaryo (2,4%), Namangan (1,7%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3,7%) oʻtgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

2-rasm. 2020 yil iyul oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi
BANK HISOB VARAQALARI BOʻYIChA OPERATsIYaLAR
2020 yil iyul oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 3 751,7 mingtani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 319,0 ming tranzaksiyaga (7,8%) kamaygan. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 38,3 foizga sezilarli darajada kamaygan.
Barcha hududlarda banklararo toʻlov operatsiyalari soni kamaygan.
2020 yil iyulda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan pasaygan. Xususan, sezilarli darajadagi pasayish v Buxoro (-14,7%), Qashqadaryo (-14,7%), Sirdaryo (-14,5%) va Navoiy (-14,2%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2020 yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,007 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 0,7 foizga oshdi. Ushbu komponentning oshishi bitimlar sonining 25,5 foizga oshishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha jismoniy hajmi 24,1 foizga pasayib ketgan.
Iyul oyi natijalariga koʻra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 33 278 ta bitim imzolangan boʻlib, iyun oyiga (26 525) nisbatan 6 753 ta bitmga (25,5 foizga) koʻpaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil iyul oyida 3 418,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 25,6 foizga pasaygan.
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent 2020 yil iyul oyida 1,0103 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 1,0 foizga oshgan.
2020 yil iyul oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 6 993 taga koʻpayib, 479 447 tani (2020 yilning iyun oyida 472 454 ta) tashkil etdi.
Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 4 taga kamaygan.
Hisobot davrida kichik korxonalar soni 376 982 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 6 624 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 99 987 tadan 99 460 tagacha (373 taga) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subʼyektlar soni 3 005 tani tashkil etib, 2020 yil iyun oyiga nisbatan 4 taga kamaygan.
BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISh
2020 yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 0,3758 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 62,4 foizga kamayib ketgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 62 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.
Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent | Tovar belgilari boʻyicha komponent |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↑1334 | ↓0,8871 | ↑2,0000 | ↑1,0140 | ↓0,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1289 | ↓0,9061 | ↑1,8757 | ↑1,0094 | ↓0,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1157 | ↓0,9786 | ↑1,3836 | ↑1,0144 | ↑1,2500 |
Buxoro viloyati | ↑1126 | ↓0,8529 | ↑1,4984 | ↑1,0154 | ↓0,1667 |
Xorazm viloyati | ↑1109 | ↓0,9459 | ↑1,3921 | ↑1,0057 | ↓0,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1069 | ↓0,8585 | ↑1,3682 | ↑1,0063 | ↓0,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1032 | ↓0,8528 | ↑1,2807 | ↑1,0048 | ↓0,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1018 | ↓0,9862 | ↑1,1262 | ↑1,0121 | ↓0,0000 |
Fargʻona viloyati | ↑1010 | ↓0,8992 | ↑1,1027 | ↑1,0174 | ↑1,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1009 | ↓0,9488 | ↑1,1211 | ↑1,0117 | ↓0,1923 |
Namangan viloyati | ↓983 | ↓0,9147 | ↑1,0252 | ↑1,0118 | ↑1,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↓976 | ↓0,8548 | ↑1,0627 | ↑1,0079 | ↑1,0000 |
Toshkent shahri | ↓963 | ↓0,9375 | ↑1,0033 | ↑1,0077 | ↓0,3866 |
Andijon viloyati | ↓940 | ↓0,8749 | ↑1,0037 | ↑1,0090 | ↓0,3333 |
Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent | Tovar belgilari boʻyicha komponent |
Toshkent shahri | ↑1357 | ↓0,9937 | ↑1,8325 | ↑1,1820 | ↓0,5227 |
Navoiy viloyati | ↑1342 | ↓0,6296 | ↑2,0000 | ↑1,4620 | ↓0,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1330 | ↓0,6451 | ↑2,0000 | ↑1,3839 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1297 | ↓0,6581 | ↑2,0000 | ↑1,2122 | ↓0,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1287 | ↓0,6888 | ↑1,4837 | ↑1,3734 | ↑5,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1274 | ↓0,5826 | ↑2,0000 | ↑1,1907 | ↓0,2778 |
Jizzax viloyati | ↑1255 | ↓0,6184 | ↑1,8263 | ↑1,3990 | ↓0,0000 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↑1196 | ↓0,6053 | ↑1,8120 | ↑1,1810 | ↓0,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1131 | ↓0,5753 | ↑1,5567 | ↑1,2567 | ↑1,0000 |
Namangan viloyati | ↑1115 | ↓0,6597 | ↑1,5056 | ↑1,2343 | ↓0,3333 |
Buxoro viloyati | ↑1074 | ↓0,5664 | ↑1,4198 | ↑1,2634 | ↑1,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1073 | ↓0,5784 | ↑1,5502 | ↑1,1384 | ↓0,0000 |
Fargʻona viloyati | ↑1062 | ↓0,6246 | ↑1,3965 | ↑1,2255 | ↓0,5000 |
Andijon viloyati | ↓917 | ↓0,6225 | ↑1,0644 | ↑1,1078 | ↑1,0000 |
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

"Lukoyl" kompaniyasi Oʻzbekistondagi gaz qazib olishni loyihalashtirilgan darajada deyarli qayta tikladi

Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi

