| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Biznes5 daqiqada oʻqiladi131 marta oʻqildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini eʼlon qildi

Aprel oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi pasaydi. Indeks pasayishining asosiy sababi 2020 yil mart oyi oxirida respublikaning barcha hududlarida karantin joriy etilganligi hisoblanadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini eʼlon qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil aprel oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020 yil mart oyiga nisbatan – 859 birlikni (pasayish – 14,1%);

  • 2019 yilning aprel oyiga nisbatan – 963 birlikni (pasayish – 3,7%);

  • 2015 yil yanvar oyiga nisbatan – 1372 birlikni (oʻsish – 37,2%).

Joriy yilning aprel oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi nafaqat oldingi oyga, balki oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan ham salbiy oʻzgarishlar kuzatildi. Indeks pasayishining asosiy sababi 2020 yil mart oyi oxirida respublikaning barcha hududlarida karantin joriy etilganligi hisoblanadi.

1-rasm. 2020 yilning aprel oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 14,1 foizga pasaygan

Komponentlar darajasida turlicha oʻzgarishlar boʻlgan

2020 yilning aprel oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 14,1 foizga keskin ravishda tushib ketib, 859 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

  • xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 29,3 foizga kamaygan;

  • faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar boʻyicha komponent 8,7 foizga oshgan;

  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 8,7 foizga kamaygan;

  • tovar belgilari boʻyicha komponent 75,0 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Navoiy viloyatida eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan

2020 yil aprel oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 6 ta hududda oʻtgan oyga (2020 yil mart) nisbatan oʻsish kuzatilgan. Xususan, Navoiy (35,5%), Xorazm (33,3%), Sirdaryo (29,2%), Surxondaryo (8,3%), Buxoro (2,9%) va Jizzax (2,7%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).

Respublikaning qolgan hududlarida indeks pasaygan. Sezilarli darajada pasayish Andijon (-16,5%), Fargʻona (-13,3%), Samarqand (-8,9%) va Namangan (-8,1%) viloyatlarida kuzatilgan.

2-rasm. 2020 yil aprel oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

BANK HISOB VARAQALARI BOʻYIChA OPERATsIYaLAR

2020 yil aprel oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 3767,5 mingtani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 1563,4 ming tranzaksiyaga (29,3%) kamaydi. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foizga keskin kamayish kuzatilmoqda. IFIning ushbu komponenti bazis davr (2015 yil yanvar) bilan solishtirganda 13,4 foizga kamayib ketgan.

Barcha hududlarda banklararo toʻlov operatsiyalari soni kamaygan

2020 yil aprel oyida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan barcha 14 ta hudud boʻyicha kamaygan. Sezilarli darajadagi kamayish Buxoro (36,1%), Toshkent (33,8%), Navoiy (33,2%) viloyatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida (35,9%) kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2020 yilning aprel oyida IFIning birja komponenti 0,913 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 8,7 foizga pasayishi kuzatildi. Ushbu komponentning pasayishi bitimlar oʻrtacha sonining, shuningdek, har bir tranzaksiyada sotib olingan tovarlarning naturadagi hajmi kamayganligi bilan bogʻliq.

Tovar-xom ashyo birjasida imzolangan bitimlar soni kamayib ketgan

Kutilganidek global inqiroz oqibati hamda joriy yilning 24 martidan boshlab mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq karantin joriy etilishi ushbu komponentga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi. Aprel oyi natijalariga koʻra respublika tovar-xom ashyo birjasida 51027 ta bitim imzolangan boʻlib, mart oyiga (58361 ta) nisbatan 7334 ta bitimga (12,6%) kamaygan.

Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil aprel oyida 2992,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 7,4 foizga kamaygan.

XOʻJALIK YuRITUVChI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent 2020 yil aprel oyida 1,0883 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 8,8 foizga oshgan.

2020 yil aprel oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 4973 taga koʻpayib, 456833 tani (2020 yilning mart oyida 451870 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 738 taga ortgan

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 355701 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 3534 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 97292 tadan 97983 tagacha (691 taga) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subʼyektlar soni 3149 tani tashkil etib, 2020 yil mart oyiga nisbatan 738 taga oshgan.

BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISh

2020 yil aprel oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 0,250 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 75,0 foizga kamayib ketgan. Joriy yilning aprel oyida yuridik shaxslar tomonidan atiga 18 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent

Tovar belgilari boʻyicha komponent

Jizzax viloyati

↓896

↓0.7318

↓0.9719

↑1.1418

↓0.0000

Namangan viloyati

↓847

↓0.6807

↓0.8735

↑1.0439

↑1.0000

Toshkent viloyati

↓844

↓0.6622

↓0.9331

↑1.0409

↓0.3333

Sirdaryo viloyati

↓843

↓0.6909

↓0.9097

↑1.0782

↓0.0000

Andijon viloyati

↓842

↓0.8577

↓0.7529

↑1.0927

↓0.0000

Navoiy viloyati

↓833

↓0.6683

↓0.9108

↑1.0680

↓0.0000

Toshkent shahri

↓820

↓0.7102

↓0.7796

↑1.1461

↓0.2642

Samarqand viloyati

↓804

↓0.6985

↓0.7718

↑1.1388

↓0.0000

Buxoro viloyati

↓801

↓0.6389

↓0.7889

↑1.0535

↑1.0000

Xorazm viloyati

↓796

↓0.7836

↓0.7378

↑1.0314

↓0.0000

Surxondaryo viloyati

↓759

↓0.7467

↓0.6589

↑1.0624

↓0.0000

Qashqadaryo viloyati

↓752

↓0.6952

↓0.7087

↑1.0251

↓0.0000

Fargʻona viloyati

↓728

↓0.6839

↓0.6483

↑1.0285

↓0.0909

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

↓660

↓0.6408

↓0.5319

↑1.0144

↓0.0000

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent

Tovar belgilari boʻyicha komponent

Navoiy viloyati

↑1355

↓0,7166

↑2,0000

↑1,3837

↓0,0000

Xorazm viloyati

↑1333

↓0,7710

↑2,0000

↑1,1984

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1292

↓0,6044

↑2,0000

↑1,2729

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

↑1083

↓0,7896

↑1,2821

↑1,3341

↓0,0000

Buxoro viloyati

↑1029

↓0,6262

↑1,2829

↑1,2138

↑1,0000

Jizzax viloyati

↑1027

↓0,7672

↑1,1550

↑1,3471

↓0,0000

Toshkent viloyati

↓995

↓0,6423

↑1,2903

↑1,1447

↓0,0833

Toshkent shahri

↓986

↓0,7628

↑1,1303

↑1,1887

↓0,1687

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

↓969

↓0,6363

↑1,2423

↑1,1329

↓0,0000

Qashqadaryo viloyati

↓936

↓0,7347

↑1,0854

↑1,1122

↓0,0000

Namangan viloyati

↓919

↓0,6576

↓0,9989

↑1,1796

↑1,0000

Samarqand viloyati

↓911

↓0,7092

↓0,9298

↑1,3226

↓0,0000

Fargʻona viloyati

↓867

↓0,6047

↓0,9542

↑1,1973

↓0,3333

Andijon viloyati

↓835

↓0,8541

↓0,7380

↑1,0959

↓0,0000

Ruslan Abdullayev,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ