Oʻzbekistonda avgust oyda Ishbilarmonlik faolligi indeksi moʻʼtadil darajada pasayishi qayd etildi
Karantin 15 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yumshatilishiga qaramasdan, mamlakatda ishbilarmonlik faolligi pasaydi.

Oʻzbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi
2020 yil avgust
Oʻzbekistonda avgust oyda Ishbilarmonlik faolligi indeksi moʻʼtadil darajada pasayishi qayd etildi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil avgust oyida quyidagilarni tashkil etdi:
2020 yil iyul oyiga nisbatan – 984 birlikni (pasayish – 1,6%);
2019 yilning avgust oyiga nisbatan – 880 birlikni (pasayish – 12,0%).
Oʻzbekistonda karantin 15 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yumshatilishiga qaramasdan, mamlakatda ishbilarmonlik faolligi pasaydi.
Joriy yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan moʻʼtadil darajada pasaydi. Shuningdek oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ham pasayganligi kuzatildi.
1-rasm. 2020 yilning avgust oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 1,6 foizga kamaygan.

2020 yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 1,6 foizga pasayib, 984 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:
xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 1,1 foizga kamaygan;
faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar boʻyicha komponent 0,4 foizga oshgan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,0 foizga kamaygan;
tovar belgilari boʻyicha komponent 35,4 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori oʻsish surʼati qayd etilgan.
2020 yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 10 ta hududida oʻtgan oyga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Sirdaryo (46,6%), Surxondaryo (37,6%), Qashqadaryo (15,2%), Samarqand (13,5%) va Toshkent (9,2%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).
Shu bilan birga, Jizzax (5,4%), Fargʻona (3,4%), Navoiy (2,7%) va Namangan (0,4%) viloyatlarida oʻtgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.
2-rasm. 2020 yil avgust oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

BANK HISOB VARAQALARI BOʻYICHA OPERATSIYALAR
2020 yil avgust oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 3 710,2 ming tani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 41,5 ming tranzaksiyaga (1,1%) kamaygan. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35,7 foizga sezilarli darajada kamayib ketgan.
Hududlar boʻyicha 7 ta hududda banklararo toʻlov operatsiyalari soni kamaygan.
2020 yil avgustda respublikaning 7 ta hududida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan pasaygan. Xususan, sezilarli darajadagi pasayish v Andijon (-5,5%), Xorazm (-4,5%), Sirdaryo (-2,6%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (-3,0%) kuzatilgan.
TOVAR-XOM ASHYO BIRJASIDAGI FAOLLIK
2020 yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 0,9402 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 6,0 foizga pasaydi. Ushbu komponentning pasayishi bitimlar sonining 13,3 foizga kamayishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha jismoniy hajmi 1,3 foizga oshgan.
Avgust oyi natijalariga koʻra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 28 856 ta bitim imzolangan boʻlib, iyul oyiga (33 278) nisbatan 4 422 ta bitimga (13,3 foizga) kamaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil avgust oyida 3 007,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 12,0 foizga pasaygan.
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent 2020 yil avgust oyida 1,004 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 0,4 foizga oshganligini kshrsatadi.
2020 yil avgust oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 7 385 taga koʻpayib, 486 832 tani (2020 yilning iyul oyida 479 447 ta) tashkil etdi.
Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 81 taga kamaygan.
Hisobot davrida kichik korxonalar soni 383 901 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 6 919 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 99 460 tadan 100 007 tagacha (547 taga) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subʼyektlar soni 2 924 tani tashkil etib, 2020 yil iyul oyiga nisbatan 81 taga kamaygan.
BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISH
2020 yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 1,3548 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 35,5 foizga oshgan. Joriy yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 84 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.
Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent | Tovar belgilari boʻyicha komponent |
Sirdaryo viloyati | ↑1456 | ↓0,9743 | ↑2,0000 | ↑1,0235 | ↑3,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1376 | ↑1,0118 | ↑2,0000 | ↑1,0074 | ↓0,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1152 | ↓0,9748 | ↑1,3993 | ↑1,0071 | ↑1,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1135 | ↑1,0263 | ↑1,3707 | ↑1,0083 | ↓0,2000 |
Toshkent viloyati | ↑1092 | ↓0,9994 | ↑1,2274 | ↑1,0036 | ↑1,0000 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↑1045 | ↓0,9857 | ↑1,1099 | ↑1,0296 | ↑1,0000 |
Toshkent shahri | ↑1035 | ↓0,9696 | ↑1,0323 | ↑1,0820 | ↑1,4783 |
Buxoro viloyati | ↑1029 | ↑1,0690 | ↑1,0807 | ↑1,0136 | ↓0,0000 |
Andijon viloyati | ↑1019 | ↓0,9449 | ↑1,0918 | ↑1,0055 | ↑1,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1014 | ↓0,9549 | ↑1,1440 | ↑1,0106 | ↓0,0000 |
Namangan viloyati | ↓996 | ↑1,0189 | ↓0,9301 | ↑1,0126 | ↑1,5000 |
Navoiy viloyati | ↓973 | ↑1,1105 | ↓0,9083 | ↑1,0065 | ↓0,0000 |
Fargʻona viloyati | ↓966 | ↑1,0338 | ↓0,8801 | ↑1,0081 | ↑1,0000 |
Jizzax viloyati | ↓946 | ↑1,0062 | ↓0,9357 | ↓0,9971 | ↓0,0000 |
Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent | Tovar belgilari boʻyicha komponent |
Navoiy viloyati | ↑1369 | ↓0,6991 | ↑2,0000 | ↑1,4756 | ↓0,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1369 | ↓0,5605 | ↑2,0000 | ↑1,2870 | ↑3,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1335 | ↓0,6527 | ↑2,0000 | ↑1,3954 | ↓0,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1275 | ↓0,5822 | ↑2,0000 | ↑1,1965 | ↓0,2778 |
Toshkent shahri | ↑1269 | ↓0,9635 | ↑1,6300 | ↑1,1679 | ↓0,7727 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↑1212 | ↓0,5966 | ↑1,7645 | ↑1,2159 | ↑1,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1139 | ↓0,6222 | ↑1,5393 | ↑1,3866 | ↓0,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1120 | ↓0,7068 | ↑1,3472 | ↑1,3813 | ↑1,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1099 | ↓0,6055 | ↑1,5129 | ↑1,2822 | ↓0,0000 |
Namangan viloyati | ↑1076 | ↓0,6722 | ↑1,3761 | ↑1,2512 | ↓0,5000 |
Xorazm viloyati | ↑1024 | ↓0,6284 | ↑1,3350 | ↑1,2262 | ↓0,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1013 | ↓0,5638 | ↑1,3338 | ↑1,1474 | ↑1,0000 |
Fargʻona viloyati | ↑1001 | ↓0,6457 | ↑1,2209 | ↑1,2350 | ↓0,5000 |
Andijon viloyati | ↓880 | ↓0,5882 | ↓0,9960 | ↑1,1150 | ↑1,0000 |
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

"Lukoyl" kompaniyasi Oʻzbekistondagi gaz qazib olishni loyihalashtirilgan darajada deyarli qayta tikladi

Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi

